21 yanvar kuni AQŞ hududida noqonuniy bölib turgan şaxslarni deportatsiya qiliş maqsadida uşbu davlatning vakolatli idoralari tomonidan yana bir çarter reysi amalga oşirildi. Uşbu reysda 44 nafar Özbekiston fuqarolari ortga qaytarildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, çarter reys AQŞning tegişli hukumat idoralari bilan hamkorlikda taşkillaştirilgan bölib, uning amalga oşirilişi orqali Özbekiston fuqarolarining mamlakatga xavfsiz va öz vaqtida qaytarilişi taʼminlangan.
“Mazkur tadbir Özbekiston va AQŞ örtasidagi hamkorlikning yana bir muhim namunasidir. Yurtimiz fuqarolarining özga davlatlarda xavfsizligini taʼminlaş, ularning qonuniy huquqlarini himoya qiliş va ularni Vataniga qaytariş borasidagi hamkorlik davom etmoqda”, deyiladi xabarda.









