Diqqat! Turkiyada bölib turgan yoki bormoqçi bölganlar, eʼtiborli böling!

Diqqat! Turkiyada bölib turgan yoki bormoqçi bölganlar, eʼtiborli böling!

Sönggi paytlarda Özbekiston Respublikasining qator fuqarolarida Istanbul aeroportida uçiş oldidan jarima tölaş bilan boğliq muammolar va ularni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama va munozaralarga sabab bölayotganini inobatga olib, Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi sizlardan uşbu davlatda örnatilgan qonun-qoidalarga amal qilişni söraydi.

Maʼlumki, 2018-yilning oktabr oyidan boşlab Turkiya Hukumati Özbekiston Respublikasi fuqarolariga Turkiya hududida 90 kun davomida vizasiz yurişga ruxsat beriş töğrisida qaror qabul qildi. Eslatib ötamizki, pasportining amal qiliş muddati tugaşiga 90 kundan kam qolgan fuqarolar Turkiya hududiga kiritilmaydi, garçi uşbu davlat hududida böliş rejasi 90 kundan kam bölsa ham.

Qarorga binoan mazkur mamlakat hududida 90 kundan ortiq yurgan va mavjud qoidani (vize ihlali) buzgan fuqarolar Turkiyadan ketiş çoğida aeroportda belgilangan miqdorda jarima tölaşga majburdirlar.

Jarimalar miqdorini aniqlaş va uni tölaş faqatgina fuqarolarning ketişi oldidan röyxatdan ötib, qöllariga uçiş talonlarini olgandan söng amalga oşiriladi.

Yangi Istanbul aeroportida jarimalar miqdorini aniqlaş va tölaş işlari faqat 2 ta darçada amalga oşirilayotganini inobatga olişingizni söraymiz.

Bu kabi salbiy holatlarni oldini oliş maqsadida Boş konsulxona «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining Istanbul şahridagi vakolatxonasi bilan muzokaralar ötkazdi. Unda Turkiyada 90 kundan ortiq turgan va vatanga keçikişlarsiz öz reysida qaytişni istaydigan Özbekiston fuqarolari Istanbul aeroportiga vaqtliroq borib, oldindan röyxatdan ötişlari va belgilangan jarimalarni tölaşlari mumkin.

Keçki aviareyslarda uçişi lozim bölgan yölovçilar kunning birinçi yarmida (ertlabki reysga röyxatdan ötiş vaqtida) röyxatdan ötişlari va kun davomida jarima va tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişlari mumkin.

Boş konsulxonasi Turkiyaning Aydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Çanakkale, Edirne, Istanbul, Izmir, Izmit, Kirklareli, Manisa, Sakariya va Tekirdoğ kabi viloyat va şaharlari hamda Bolgariya va Ruminiya hududlarida bölib turgan fuqarolarimizning qonuniy huquqlarini himoya qiliş uçun zarur çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.

Zarur holatlarda fuqarolarimiz Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga murojaat qilişlari mumkin (+90 212 323-20-37, faks: +90 212 312 20 40, e-mail: uzbekconsul@yahoo.com).

Şuningdek, hamyurtlarimiz favqulodda vaziyatlarda yoki dam oliş kunlari quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin +90 507 853 15 66 (VatsApp, Telegram, Viber, IMO).

Uşbu yönalişda siz bilan amaliy hamkorlik örnatişga umid qilamiz. Taklif va izohlaringiz uçun oldindan minnatdorçilik bildiramiz.

×