Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida bölib turgan vatandoşlarga murojaat bilan çiqdi

Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida bölib turgan vatandoşlarga murojaat bilan çiqdi

Özbekiston Respublikasining Rossiyadagi elçixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida bölib turgan vatandoşlarga murojaat bilan çiqdi.

“Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi mavjud vaziyat munosabati bilan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi zarur ehtiyot çoralarini körişni, öta zarurat bölmasa köçaga çiqmaslikni, şuningdek, odamlar köp yiğiladigan jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, uşbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtinça masofaviy taʼlim formatiga (onlayn) ötiş maslahat berildi.

“Agar sizga konsullik yordami yoki maslahat kerak bölsa, Özbekistonning Moskvadagi elçixonasining Konsullik bölimining Call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76 yoki uzkorus@mail.ru elektron poçta manzili orqali murojaat qiliş mumkin”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×