Turkiyada öldirilgan ayolning jasadi Özbekistonga qaytarildi

Turkiyada öldirilgan ayolning jasadi Özbekistonga qaytarildi

Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik ayolning boşsiz jasadi topilgani haqida xabar berilgandi. Marhuma Durdona Hakimovaning jasadi va uning ikki nafar farzandi Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi kömagida mamlakatga qaytarildi. Bu haqda konsulxona xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, marhuma va farzandlarining Özbekistonga qaytiş bilan boğliq xarajatlari Boş konsulxona hamda Migratsiya agentligi hisobidan qoplab berilgan. “Afsuski, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda marhumaning şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi, salbiy hamda biryoqlama fikrlar tarqalmoqda”, deyiladi xabarda. 

Boş konsulxonaga köra, Durdona Hakimova Istanbul şahrining Fotih tumanida joylaşgan “Eskeri melzeme” nomli harbiy kiyim-keçak savdo dökonining muassisi bölgan. U faol tadbirkor sifatida köplab özbekistonliklarga yordam körsatib kelgan. Uning farzandlari esa dizaynerlikka ixtisoslaşgan litseyda tahsil olgan.

“Vaziyatni töliq örganmasdan turib, hamyurtimiz haqida biryoqlama, noxolis va şaxsni kamsituvçi maʼlumotlarni tarqatiş, tahqirlovçi izoh yoziş qonunçilikda belgilangan javobgarlikka olib kelişini, bundan taşqari, millatimizga nisbatan xalqaro maydonda salbiy fikrlar şakllanişiga sabab bölişini eslatib ötamiz”, deyiladi xabarda. 

Qayd etiş joiz, mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi qölga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qoçişga uringan vaqtida uşlangan.

Boş konsulxona diplomatlari tomonidan marhumaning oila aʼzolari bilan aloqa örnatilgan hamda ularga tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatilgan.


Teglar:
×