Rossiyada nolegal bölib turgan Özbekiston fuqarolari röyxatdan ötiş va ruxsat beruvçi boşqa hujjatlarning amal qiliş muddati tugaşidan qatʼi nazar mamlakatda bölişni qonuniylaştirişi mumkin. Bu haqda Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Buning uçun migratsiya normlarini buzgan özbekistonliklar 2020 yilning 15 dekabrigaça yaşaş manzili böyiça Rossiya IIV organlariga murojaat qilişlari lozim. Ularga nisbatan maʼmuriy çiqarib yuboriş, deportatsiya qiliş, ilgari berilgan vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma, yaşaş uçun ruxsatnoma, işlaş uçun ruxsatnoma va patentni bekor qiliş, şuningdek, Rossiyaga kirişni taqiqlaş kabi çoralar qöllanilmaydi. Şundan söng fuqarolar yana yaşaş manzili böyiça migratsiya röyxatidan ötişlari va mehnat patentlarini olişlari mumkin.
«Şu munosabat bilan Rossiya hududida nolegal holatda bölgan Özbekiston fuqarolarini berilgan huquqlardan foydalanib, mamlakatda bölişini qonuniylaştirişga çaqiramiz», — deya Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi ham özbekistonliklarni yuqoridagilarni amal oşirişga çaqirgan.
Uşbu qaror Özbekiston boş vaziri maslahatçisi Mehriddin Xayriddinovning Rossiya içki işlar vaziri birinçi örinbosari, politsiya general-polkovnigi A.Gorov bilan uçraşuvida maʼlum qilingan. Uçraşuvda Rossiya prezidentining amal qiliş muddati uzaytirilişi rejalaştirilayotgan 2020 yil 18 apreldagi «Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infektsiyasi keng tarqalişi xavfi munosabati bilan tartibga soliş böyiça vaqtinçalik çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni muhokama qilingan.
Migratsiya rejimini yengillaştiriş koronavirus tarqalişi tufayli Rossiya çegaralari yopilişi fonida qabul qilingandi. Rossiya 18 martdan boşlab çet elliklarning mamlakatga kirişini taqiqladi, Özbekiston esa 16 martdan boşlab mamlakatga kiriş va çiqişni yopgandi.
Bu köplab migrantlarning legallik maqomini xavf ostiga qöydi. Hujjatlarni yangilaş uçun odatdagi vaziyatda ular Rossiyani tark etişlari kerak edi, ammo çegaralar yopilgandan keyin buning imkoni bölmagan.
Eslatib ötamiz, boş vazir maslahatçisi Mehriddin Xayriddinov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan xorijda mehnat qilayotgan özbekistonliklarga munosib şart-şaroitlar yaratiş va ular bilan tizimli işlaş böyiça çora-tadbirlar ijrosini taʼminlaş maqsadida 16—29 sentyabr kunlari Rossiyada böladi.
Avvalroq Rossiyadagi çet el fuqarolarining huquqiy maqomi töğrisida butunlay yangi federal qonun loyihasi işlab çiqilayotgani, unda köplab özgarişlar kiritilgani xabar berilgan edi. Xususan, Rossiyada 30 sutkadan ortiq vaqt davomida böladigan migrantlarga barmoq izlarini topşiriş, suratga tuşiş, tibbiy körikdan ötiş va ID-kartalar oliş majburiyatini yuklaş rejalaştirilmoqda.









