AQŞ Eronga “jiddiy oqibatlar” bilan tahdid qildi

AQŞ Eronga “jiddiy oqibatlar” bilan tahdid qildi

Vaşington maʼmuriyati Tehronni Erondagi norozilik namoyişlari iştirokçilari qatl etilgan taqdirda “jiddiy oqibatlar” haqida ogohlantirdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uçun ötkazilgan brifingda maʼlum qildi. 

“Eron masalasida şuni qayd etamanki, Prezident [AQŞ prezidenti Donald Tramp] va uning jamoasi Eron rejimiga qotilliklar davom etsa, jiddiy oqibatlar bölişini maʼlum qilgan”, deydi u.

Livittning sözlariga köra, Vaşington maʼmuriyati rahbari keyinroq Eronda qotillik va qatllar töxtatilişi haqida xabar olgan. 

Tramp 14 yanvarda aytganidek, Vaşingtonda Eronda namoyişçilarning halok bölişi töxtatilgani haqida maʼlumotlar bor.

Erondagi namoyişlar

2025 yil 28 dekabr kuni Eronda milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining tez surʼatlarda pasayişi va iqtisodiy muammolarning keskinlaşuvi tufayli Tehronning Katta bozorida savdogarlar boşçiligida namoyişlar boşlanib, butun mamlakat böylab tarqaldi. 

8 yanvar kuni poytaxt Tehronda norozilik namoyişlari kuçaygan vaqtda sodir bölgan voqealardan söng mamlakat rahbariyati internetga kirişni tösib qöydi. 

Eron rasmiylari hozirça tartibsizliklar çoğida halok bölganlar va yaradorlarning umumiy soni haqida heç qanday bayonot bermagan, biroq AQŞda joylaşgan Eron Inson huquqlari agentligi (HRANA) tartibsizliklar çoğida 2615 kişi halok bölgani va 18 470 kişi qölga olinganini maʼlum qildi.


Teglar:
×