Eron Hormuzni “kemalar qabristoni”ga aylantiriş bilan tahdid qildi

Eron Hormuzni “kemalar qabristoni”ga aylantiriş bilan tahdid qildi

Eron Oliy rahbarining harbiy maslahatçisi Muhsin Rizoiy Vaşingtonni ogohlantirib, agar AQŞ böğozdagi dengiz blokadasini davom ettirsa, amerikalik harbiylar va kemalar “qabriston”ga aylanişini aytdi. Bu haqda u özining X ijtimoiy tarmoğidagi yozib qoldirdi.


Rizoiy avval Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga rahbarlik qilgan. U AQŞni “dunyodagi yagona qaroqçi davlat” deb atagan. Uning taʼkidlaşiça, Eron “qaroqçi”ga qarşi turiş imkoniyatiga ega va zarurat tuğilsa, harbiy kemalarni yöq qilişga qodir.

“AQŞ aviataşuvçiga ega dunyodagi yagona qaroqçi davlat sanaladi. Bizning qaroqçilarga qarşi kuraşiş qobiliyatimiz harbiy kemalarni çöktiriş imkoniyatlarimizdan aslo qolişmaydi. Samolyotingiz qoldiqlari Isfahonda qolganidek, kemalaringiz va qöşinlaringiz ham qabristonga tuşişiga tayyor turing”, degan Rizoiy.

Hozirda Hormuz böğozidagi vaziyat keskinligiça qolmoqda. Xabarlarga köra, savdo kemalari harakati deyarli töxtab qolgan, kun davomida atigi bir neça kema harakatlangani qayd etilgan. Bu esa global energiya taʼminotiga jiddiy taʼsir körsatişi mumkin, çunki mazkur yölak orqali dunyo neftining katta qismi taşiladi.

Şu fonda Eron AQŞga yangi tinçlik rejasi ham taqdim etgan. U uç bosqiçdan iborat bölib, avvalo öt oçişni töxtatiş va xavfsizlik kafolatlarini, keyin böğozni boşqariş mexanizmlarini, söng yadroviy dastur böyiça muzokaralarni nazarda tutadi.

Biroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp bu taklifdan qoniqmagan va rad etgan.


×