AQŞ va ittifoqçilari inqiroz çiqargan Belarusga “kuçli” javob bilan tahdid qildi

AQŞ va ittifoqçilari inqiroz çiqargan Belarusga “kuçli” javob bilan tahdid qildi

Estoniya, Frantsiya, Irlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va AQŞ, şuningdek ularga qöşilgan Albaniya Belarus hukumatini qöşni davlatlardagi vaziyatni beqarorlaştiriş uçun muhojirlardan sunʼiy ravişda foydalanayotganlikda aybladi. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengaşidagi yopiq maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça davlatlarning tegişli bayonotiga tayanib xabar berilgan. Bayonotni Estoniyaning doimiy vakili Sven Yurgenson öqib eşittirgan.  

Taʼkidlanişiça, mamlakatlar guruhi “Belarusni hayoti va farovonligi tahdid ostida bölgan odamlardan siyosiy maqsadlarda foydalanişda va Yevropa Ittifoqining taşqi çegarasida qöşni davlatlarni beqarorlaştirişda aybladi”. 

Bayonot mualliflari Minsk harakatlariga “kuçli” xalqaro munosabat bildirişga çaqirgan. 

Yurgensonga köra, Minskning taktikasi “Lukaşenko rejimi qanday qilib mintaqaviy barqarorlikka tahdid solayotganini körsatmoqda”. 

“Biz Belarus hukumatini bu ğayriinsoniy harakatlarni töxtatişga va odamlar hayotiga xavf tuğdirmaslikka çaqiramiz”, degan u. 

Bayonotni imzolagan davlatlar, şuningdek Minskka migrantlarni YEIga jönatişda yordam berayotganlarga qarşi keyingi çoralarni muhokama qilişga tayyor ekanliklarini bildirgan. 

“Biz bir bölamiz va Yevropa Ittifoqini Belarus hukumatining uşbu gibrid operatsiyalaridan himoya qilişga qatʼiy qaror qilamiz”, deyilgan bayonotda. 

Bayonot mualliflari Minskni barça muhojirlarni öz vatanlariga jönatiş, şuningdek “ularning munosib himoyasini taʼminlaşga” çaqirgan. 

Joriy yilning 8 noyabr kuni Belarus Davlat çegara qömitasi qoçqinlarning katta guruhi, asosan, kurdlar Belarusning Polşa bilan çegarasi tomon yöl olgani haqida xabar berdi. 2 mingdan ortiq qoçqinlar, jumladan ayollar va bolalarning katta qismi çegara çiziğidagi Polşa tösiqlari oldida töxtab, öz-özidan lager qurdi. Polşa xavfsizlik kuçlari ularni ötkazib yubormadi, muhojirlar tösiqlarni yengib ötişga harakat qildi. 

Sönggi paytlarda Litva, Latviya va Polşa Belarus bilan çegarada qölga olingan noqonuniy muhojirlar soni köpaygani haqida xabar berib, Minskni migratsiya inqirozi yuzaga keltirişda aybladi. Minsk barça ayblovlarni rad etdi. 

Vaziyat munosabati bilan Polşa Prezidenti Anjey Duda Belarus bilan çegaradoş hududlarda favqulodda holat joriy qildi, çegarani himoya qilişga armiya va politsiya jalb etildi.

×