Livandagi “Hizbulloh” harakati rahbari Naim Qosim Isroil öz harakatlarini davom ettirsa, mamlakatga raketalar yoğdiriş bilan tahdid qildi. Bu haqda u keça, 5 avgust kuni OAVga bergan bayonotida söz oçdi.
Unga köra, harakat Isroil bilan heç qanday yangi kelişuvlarga rozi bölmaydi. U bunga faqat 2024 yilning 27 noyabrida erişilgan bitimlar töliq bajarilgaç, yöl oçilişi mumkinligini aytgan.
“Biz har qanday yangi kelişuvni rad etamiz. Bizga taklif qilinayotgan har qanday vaqtli muddatlar – Isroil tajovuziga niqob böla olmaydi va biz uçun qabul qilinmaydi”, degan harakat rahbari.
Qosimning taʼkidlaşiça, Isroil öz zimmasidagi majburiyatlarni bajarmagan. U, agar Isroil Livanga qarşi harbiy harakatlarini kengaytirişda davom etsa, “unga ham raketalar yoğdiriş” bilan tahdid qilgan.
Bir muddat avval AQŞning Turkiyadagi elçisi va Suriya böyiça maxsus vakili Tom Barrak “Hizbulloh” harakatining 30 kun içida töliq qurolsizlanişini taklif qilgan edi. Qosim bu taklif faqat Isroil manfaatlariga xizmat qilişini aytib, uni rad etgan.
“Livan hukumati uçun eng asosiy vazifa – milliy suverenitetni tiklaşdir. Unga köra, Isroilga qarşi kuraş masalasi milliy kelişuv asosida hal qilinişi lozim va qurolsizlaniş masalasi heç qanday vaqt çeklovlariga boğlanmasligi kerak”, degan Naim Qosim.
Maʼlumot uçun, 2024 yil 27 noyabrda kuçga kirgan kelişuvda Livan armiyasining janubiy çegaraga BMT tinçlikparvarlari kömagida joylaştirilişi va “Hizbulloh” qurolli guruhlarining Litani daryosi ortiga çekinişi közda tutilgan edi. Bunga javoban, Isroil janubiy Livanda olib borayotgan quruqlikdagi operatsiyasini töxtatib, öz qöşinlarini 60 kun içida mintaqadan olib çiqişi kerak edi.









