Keça, 20 avgust kuni Isroil armiyasi (TSAXAL) Ğazo şahriga bostirib kirişni boşlaganini eʼlon qildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.
Isroil armiyasining rasmiy vakili, brigada generali Effi Defringa köra, armiya kuçlari allaqaçon Ğazo şahrining çekka hududlarini nazorat qilmoqda. Bundan taşqari, u şu hafta isroilliklarga harbiy xizmatga çaqiruv böyiça qariyb 60 mingta, şu oyning oxirida esa yana 20 mingta xat yuborilişini tasdiqlagan.
Defrinning aytişiça, Isroil armiyasi Ğazoning tinç aholisining xavfsiz evakuatsiyasi, gumanitar va tibbiy yordam olişi uçun yetarli şaroit yaratiş ustida işlamoqda. Operatsiyaga “Gideon aravalari 2” nomi berilgan.
Maʼlumot uçun, bungaça ommaviy axborot vositalarida HAMASning garovdagilar aks etgan videosidan söng Isroil butun Ğazo sektorini bosib oliş masalasini muhokama qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Videoda erkaklardan biri ovqatsiz qolganini, tik tura olmayotganini va “ölim yoqasida” ekanini aytadi. Isroil HAMASni garovdagilarni oç qoldirişda aybladi, biroq guruh bu daʼvolarni rad etib, garovdagilar askarlar va oçlikdan aziyat çekayotgan ğazoliklar bilan bir xil taom yeyişini bildirdi.
BBC’ning yozişiça, Boş vazir Binyamin Netanyaxu boşçiligidagi hukumat Ğazo sektorining töliq okkupatsiyasi va garovdagilarni harbiy yöl bilan ozod qiliş rejalarini körib çiqmoqda. Isroil hukumati operatsiya qaçon boşlanişini eʼlon qilmagan, biroq mahalliy matbuot armiyaning darhol şaharga yurişi kutilmasligini, avvalo, tinç aholining evakuatsiya qilinişi kerakligini taʼkidlamoqda. Şu bilan birga, Netanyaxu Isroilning boşqa yöli qolmaganini, maqsad – HAMASni butkul tor-mor qiliş uçun Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarni kengaytiriş zarur ekanini bildirgan.









