Toşkentda hokimlik boş mutaxassisi pora olayotganda uşlandi

Toşkentda hokimlik boş mutaxassisi pora olayotganda uşlandi

Toşkent şahar Uçtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş bölimi boş mutaxassisi 3 ming dollar bilan qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Xususan, Uçtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş bölimi boş mutaxassisi noqonuniy ravişda tadbirkordan 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hokimiyat vakili göyoki joriy yilda Uçtepa tumani hududida buzilişi lozim bölgan savdo dökonlari va boşqa manzillar röyxati tuzilayotganini rökaç qilib, tadbirkorga tegişli dökonni tuman hokimligida yuqori lavozimda işlovçi yaqin aloqalari orqali mazkur röyxatga kiritmaslik hamda buzdirmaslik evaziga uşbu pul mablağini talab qilgan.

Bildirilişiça, hozirda boş mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) “v” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×