Toşkent viloyatida prokuror yordamçisi pora olayotgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1 noyabr kuni Toşkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Piskent tumani prokurorining yordamçisi pora olayotgan vaqtida uşlangan.
U sudda körilayotgan jinoyat işi böyiça sudya orqali sudlanuvçiga yengil jazo tayinlanişini vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yöli 1 500 AQŞ dollarini olmoqçi bölgan.
Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora beriş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.









