Toşkentda hokim yordamçisi pora bilan uşlandi

Toşkentda hokim yordamçisi pora bilan uşlandi

Toşkentda hokim yordamçisi pora olayotgan paytda uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Toşkent viloyat Nurafşon şahridagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan birining hokim yordamçisi Toşkent şahrida yaşovçi fuqaroni mansabdor tanişlari orqali Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Toşkent viloyati boşqarmasiga işga kiritib qöyişini vaʼda qilib, evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan hokim yordamçisi söralgan pulni özining tanişlari orqali olgan vaqtida uşlangan.

Bildirilişiça, u muqaddam bir neça marotaba sudlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi "v" bandi va 28(Jinoyat iştirokçilarining turlari),211-moddasi (Pora oliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×