IIB jinoyat qidiruv bölimi xodimi pora olayotganda qölga olindi

IIB jinoyat qidiruv bölimi xodimi pora olayotganda qölga olindi

Qaşqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Şahrisabz şahar IIB JQB xodimi 6.000 AQŞ dollari bilan qölga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Xabar.uzga xabar berdi. 

Xususan, xodim ariza bilan murojaat qilgan fuqaroning şikoyatini qonuniy tartibda örganmasdan, jabrlanuvçining boşqa bir fuqaroga yer maydoni sotib oliş uçun bergan 27.000 va u yerda amalga oşirgan quriliş işlari uçun sarflagan 13.000, jami 40.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini undirib beriş evaziga dastlab 4.500 AQŞ dollarini olgan bölib, söngra yana 6.000 AQŞ dollari söragan.

Taʼkidlaş lozimki, xodimning tezkor tadbir vaqtida voqea joyidan qoçişga hamda daliliy aşyo bölgan pullarni yaşirişga uringan harakatlari jinoyatni oğirlaştiruvçi holat sifatida baholanadi.

Hozirda xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×