Toşkent viloyatida yirik banklardan birining hududiy markazi bölimi boşliği yer uçastkasini sotişda vositaçilik qiliş uçun xaridordan $4,25 mln talab qilgani aniqlandi. U pul evaziga hokimlik balansidagi 20 gektardan ortiq yerni rasmiylaştirib berişni vaʼda qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati böyiça DXX boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir natijalariga köra maʼlum qilindi.
Maʼlum bölişiça, 2024 yilda Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududiy boşqarmasi tomonidan Quyiçirçiq tumani hokimligi balansida bölgan 16,05 gektar yer uçastkasiga ijara huquqi elektron onlayn-auktsion orqali bank xodimining otasiga sotilgan. Yer çorvaçilik maqsadida foydalaniş uçun möljallangan.
Bank xodimi mazkur yerni xaridorga sotiş, şuningdek, hokimlik zaxirasida bölgan yana 4 gektar yerni taniş mansabdor şaxslar orqali rasmiylaştirib beriş evaziga jami $4,25 mln talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida u talab qilingan mablağning bir qismi — $100 mingni avans sifatida olayotgan vaqtida, aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









