Özbekiston Respublikasi Markaziy banki jismoniy şaxslarning xalqaro tölov kartalaridan naqd pul mablağlarini yeçib oliş töğrisida bayonot eʼlon qildi. Unda şunday deyiladi:
“Özbekiston Respublikasi hududida xalqaro tölov kartalaridan (XTK) naqd valyuta mablağlarini yeçib olişga oid ommaviy axborot vositalaridagi naşrlar yuzasidan Markaziy bank quyidagilarga maʼlum qiladi.
Valyuta ayirboşlaş operatsiyalarida qulayliklar yaratiş hamda ularni soddalaştiriş maqsadida, 2019 yil avgust oyining uçinçi ön kunligidan boşlab tijorat banklaridagi valyuta ayirboşlaş şaxobçalari orqali jismoniy şaxslar – rezidentlarga naqd xorijiy valyutani sotiş amaliyoti joriy qilindi.
Şu bilan birga, amaliyotda jinoiy daromadlarni legallaştiriş bilan boğliq şubhali operatsiyalarni amalga oşiriş, xususan mamlakat hududida boşqa şaxslar tomonidan norezidentlarning xalqaro tölov kartalaridan valyuta mablağlarining yeçib olinişi holatlari mavjud va ular böyiça xatarlar yuzaga kelmoqda.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, Özbekiston Respublikasi hududida barça hisob-kitoblar va tölovlar milliy valyuta – “söm”da amalga oşirilişi lozimligi, şuningdek xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda joriy yilning 1 oktyabridan boşlab mamlakat hududida bankomatlar orqali XTKdan mablağlarning yeçib olinişi faqat milliy valyutada amalga oşiriladi.
Jismoniy şaxslar – rezidentlar bevosita tijorat banklari muassasalarida şaxsni tasdiqlovçi tegişli hujjatlarni taqdim qilgan holda XTKdan xorijiy valyutadagi naqd pul mablağlarini çeklovlarsiz yeçib oliş huquqiga ega.
Jismoniy şaxslar – norezidentlar tomonidan bankomatlar yoki valyuta ayirboşlaş şaxobçalarida konvertatsiya qilinib, sarflanmay qolgan milliy valyutadagi pul mablağlari qonunda belgilangan tartibda valyuta ayirboşlaş şaxobçalarida naqd xorijiy valyutaga ayirboşlanadi”.Qalampir.uz Tahririyati









