Bugun, 3 yanvar kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Venesueladagi qator obʼektlarga, jumladan, harbiy nişonlarga zarbalar beriş haqida buyruq bergan. Bu haqda öz manbalariga tayanib, CBS News telekanali jurnalisti xabar berdi.
Telekanalga köra, Tramp Venesuela hududidagi obʼektlarga, jumladan harbiy infratuzilmaga zarba berişni buyurgan. Bu qaror bugun, 3 yanvar kuni erta tongda AQŞ maʼmuriyati Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro rejimiga qarşi kampaniyani kuçaytirgan bir paytda qabul qilingan.
Qayd etilişiça, bu zarbalar AQŞning mintaqadagi harbiy salohiyatini bir neça oy davomida oşirib borişi ortidan amalga oşirilgan. Xususan, eng yirik aviatsiya taşuvçisi USS Gerald R. Ford va boşqa köplab harbiy kemalar Karib dengiziga joylaştirilgan edi.
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa mamlakatning keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan işga tuşiriş va milliy kuçlarni safarbar etiş haqida buyruq bergan.
“Prezident Nikolas Maduro milliy mudofaaning barça rejalarini amalga oşirişni buyurdi. U darhol qurolli qarşilikka ötiş töğrisidagi farmonni kuçga kiritişni topşirdi. Butun mamlakat uşbu imperialistik tajovuzni qaytariş uçun safarbar qilinişi lozim”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, Maduro Millatning keng qamrovli mudofaasi qömondonligini, şuningdek Venesuelaning barça ştat va munitsipalitetlarida keng qamrovli mudofaa organlari boşqaruvlarini zudlik bilan işga tuşirişni buyurgan.
CNN maʼlumotlariga köra, Venesuela hukumati AQŞ harakatlarini qoralab, ularni “öta jiddiy va qöpol harbiy tajovuz” deb atagan. Rasmiy bayonotda AQŞ Karakas hamda Miranda, Aragaua va La-Guayra ştatlariga hujum qilganlikda ayblangan.
Şuningdek, Venesuela Mudofaa vazirining uyi Fort Tiuna harbiy bazasida öqqa tutilgani aytilmoqda. Uning taqdiri haqida hozirça heç qanday maʼlumot yöq.
Eslatib ötamiz, bugun, 3 yanvar kuni ertalabdan beri Venesuela poytaxtida va mamlakatning boşqa aholi punktlarida portlaşlar sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Buning ortidan Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro Venesuela poytaxti Karakas harbiy hujumga uçrayotganini maʼlum qildi.
Qayd etiş joiz, 2025 yil kuz boşida AQŞ Karib dengizi hududiga özining eng zamonaviy Gerald Ford aviatsiya taşuvçisini, esminetslar va qiruvçi samolyotlarni yuborgan edi. Sentyabr oyidan buyon giyohvand moddalar taşiyotgan kemalarga zarbalar berilmoqda. AQŞ Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Nikolas Maduroni Venesuelaning huquqiy prezidenti sifatida tan olmaydi va mamlakat hukumatini narkotrafikka qarşi yetarliça kuraş olib bormayotganlikda ayblaydi.
17 dekabr kuni Tramp Venesuelaga borayotgan va undan çiqayotgan, sanktsiyalar ostidagi barça neft tankerlarini töliq blokadaga oliş buyruğini berganini eʼlon qilgan.
Sentyabr boşida CNN Tramp Venesuela hududidagi narkokartellarga zarba beriş variantini körib çiqayotganini xabar bergan edi. Biroq noyabr örtalariga kelib, Tramp Venesuelada quruqlikdagi harbiy operatsiya ötkaziş yoki ötkazmaslik böyiça hali qaror qabul qilmagani maʼlum qilingan.









