Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats öz harbiylariga Tehron markazidagi obʼektlarga kuçli zarbalar berişni topşirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Vazirga köra, uşbu zarbalar tinçlik bitimi tuzilganiga qaramay, Eronning Isroilga qilingan hujumiga javob sifatida yöllaniladi.
“Men Isroil mudofaa armiyasiga Eron tomonidan öt oçişni töxtatiş rejimi buzilganiga javoban Tehron markazidagi nişonlarga kuçli zarbalar berişni buyurdim”, degan yahudiy davlatining Mudofaa vaziri.
Naşrning qöşimça qilişiça, öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirganidan söng, Erondan Isroil tomon ikki ballistik raketa uçirilgan. Xabarlarga köra, ikkala raketa ham tutib qolingan.
Eron davlat teleradiokompaniyasi öt oçişni töxtatiş eʼlon qilingandan keyin Eron hududidan raketa uçirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Tinçlik rejasi
Bugun, 24 iyun kuni Eron tomonidan Isroilga qarşi törtta hujum tölqinidan söng öt oçişni töxtatiş sulhi kuçga kirdi. Keyinroq buni AQŞ Prezidenti Donald Tramp tasdiqladi. Qolaversa, Isroil rasmiylari ham Eron bilan harbiy mojaroda avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganini tasdiqladi. Sulhga köra, Isroil va Eron 12 soatga töliq va butkul öt oçişni töxtatişga rozi bölgan. Eron rasman sulhni boşlaşi, 12 soatdan keyin Isroil öt oçişni töxtatişi hamda 24-soatda esa “dunyo 12 kunlik uruşning rasman yakunlanganini kutib olişi kerak edi. Ammo Tramp tuzgan stsenariy izidan çiqib ketdi.









