Tramp 13 kişini öldirgan harbiyni otib taşlaşni buyurdi

Tramp 13 kişini öldirgan harbiyni otib taşlaşni buyurdi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2009 yilda Texas ştatidagi Fort-Hud harbiy bazasida 13 kişini öldirgan sobiq harbiy, psixiatr Nidal Hasanni otişma guruhi orqali qatl etişni maʼqulladi. Bu haqda keça, 5 oktyabr kuni Pentagon maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Tramp bunday qarorni AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegsetning tavsiyasidan söng qabul qilgan. Hasanning qaçon va qayerda qatl etilişini AQŞ armiyasi kotibi belgilaydi.

Maʼlum qilinişiça, Nidal Hasan 2013 yil avgustida harbiy sud tomonidan 45 ta band böyiça aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilingan. U 2009 yil noyabrida Fort-Huddagi tibbiyot muassasasida lazerli nişonga ega töpponça bilan harbiy xizmatçilarga qarata öt oçgan.



Hujum oqibatida 12 nafar faol xizmatdagi harbiy va bir nafar isteʼfodagi harbiy halok bölgan, 32 kişi yaralangan. Hujum Hasan Afğonistonga xizmatga yuborilişi rejalaştirilganidan bir neça hafta oldin sodir bölgan.

Hozir 56 yoşda bölgan Hasan qölga olinişi vaqtida politsiya tomonidan öqqa tutilgan. Şundan söng u qisman falaj bölib qolgan va nogironlar aravaçasidan foydalanadi.

Maʼlumotlarga köra, otişma guruhi orqali qatl etiş usuli AQŞda federal darajadagi eng oğir jinoyatlar uçun qöllanadigan jazo usullari qatoriga yaqinda qöşilgan. Bunga ölimga olib keluvçi inʼektsiya uçun zarur dorilarni topiş tobora qiyinlaşayotgani ham sabab bölgan. Harbiy xizmatçilarni qatl etiş AQŞda juda kam uçraydi. Mamlakatning Harbiy adliya kodeksiga köra, harbiy sud tomonidan çiqarilgan ölim jazosi Prezident tomonidan tasdiqlanmagunça ijro etilişi mumkin emas.

Agar Hasan qatl etilsa, bu AQŞda 1961 yildan beri amalga oşirilgan ilk harbiy qatl böladi. 1961 yilda harbiy xizmatçi osib öldirilgan. AQŞda harbiy otişma guruhi tomonidan amalga oşirilgan sönggi maʼlum qatl esa 1945 yil noyabrida ötkazilgan.

Ayni paytda AQŞning kamida beşta ştatida otişma guruhi orqali qatl etiş qonunçilikda nazarda tutilgan. 2025 yilda Janubiy Karolina ştatida 15 yil içida AQŞda ilk bor mahbus otişma guruhi orqali qatl etilgan.


×