Bugun, 24 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil hukumatiga Eronga qarşi bomba taşlamaslikni buyurdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
Prezidentning sözlariga köra, agar Isroil Eronga qarşi bomba taşlasa, tinçlik sulhini buzgan böladi.
“Isroil! Öşa bombalarni Eronga taşlamang! Agar siz bu işni amalga oşirsangiz, kelişuvni buzgan bölasiz! Hoziroq harbiy uçuvçilaringizni ortga qaytaring! Uyga qayting”, deya yozgan Oq uy rahbari.
Prezidentning uşbu bayonoti Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats öz harbiylariga Tehron markazidagi obʼektlarga kuçli zarbalar berişni topşirganidan keyin yangradi. Vazirga köra, uşbu zarbalar tinçlik bitimi tuzilganiga qaramay, Eronning Isroilga qilingan hujumiga javob sifatida yöllaniladi.
Qayd etilişiça, öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirganidan söng, Erondan Isroil tomon ikki ballistik raketa uçirilgan. Xabarlarga köra, ikkala raketa ham tutib qolingan. Eron davlat teleradiokompaniyasi esa öt oçişni töxtatiş eʼlon qilingandan keyin Eron hududidan raketa uçirilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.
Tinçlik rejasi
Bugun, 24 iyun kuni Eron tomonidan Isroilga qarşi törtta hujum tölqinidan söng öt oçişni töxtatiş sulhi kuçga kirdi. Keyinroq buni AQŞ Prezidenti Donald Tramp tasdiqladi. Qolaversa, Isroil rasmiylari ham Eron bilan harbiy mojaroda avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganini tasdiqladi. Sulhga köra, Isroil va Eron 12 soatga töliq va butkul öt oçişni töxtatişga rozi bölgan. Eron rasman sulhni boşlaşi, 12 soatdan keyin Isroil öt oçişni töxtatişi hamda 24-soatda esa dunyo 12 kunlik uruşning rasman yakunlanganini kutib olişi kerak edi. Ammo Tramp tuzgan stsenariy izidan çiqib ketdi.









