Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada Samarqanddan bölgan mehnat muhojiri Maxsus maqsadli mobil blok (OMON) tomonidan amalga oşirilgan qiynoq oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Özbekiston Taşqi işlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov rasmiy munosabat bildirdi.
Unga köra, Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk şahrida Samarqand viloyatidan bölgan Özbekiston fuqarosining vafoti boğliq holat yuzasidan Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligi iş olib bormoqda.
Maʼlumotlarga köra, hodisa 12 dekabr kuni Xabarovsk şahrida sodir bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda maxsus kuçlar xodimlari kafelardan biriga bostirib kirib, u yerda bölgan özbekistonlik fuqarolarga nisbatan zöravonlik qöllagani aytiladi. Oqibatda ikki nafar fuqaro oğir tan jarohatlari olib, koma holatiga tuşgan, ulardan biri bir neça kun ötib vafot etgan. Ikkinçi jabrlanuvçi haqidagi maʼlumotlar esa rasman tasdiqlanmagan.
Vafot etgan fuqaro Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani Jumavoy qişloğida tuğilgani bildirilmoqda. Hozirça marhumning jasadi Özbekistonga olib kelinmagan.
Taşqi işlar vazirligiga köra, Boş konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bölib, zarur konsullik va amaliy yordam körsatmoqda. Jasadni Vatanga qaytariş böyiça tegişli işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, hodisa yuzasidan Xabarovsk ölkasi Prokuraturasi, Tergov boşqarmasi hamda Rossiya TIVning hududiy vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama, xolisona va qonun doirasida örganiş söralgan.
Ayni paytda fuqaroning vafot etiş sabablari böyiça rasman tasdiqlangan maʼlumot mavjud emas. Tegişli idoralardan aniq maʼlumotlar kelib tuşişi bilan jamoatçilikka qöşimça axborot berilişi maʼlum qilindi.









