Qaşqadaryodagi adirda erkak kişining jasadi topildi. Uni ayol kişi öldirgani aytilmoqda

Qaşqadaryodagi adirda erkak kişining jasadi topildi. Uni ayol kişi öldirgani aytilmoqda

“Youtube” ijtimoiy tarmoğida “Öğlimning qotili ozodlikda yuribdi” nomli videolavhali xabar tarqalgan. Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi bu xabarga munosabat bildirdi.

Joriy yilning 26 iyun kuni Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumani, “Langar” MFY, “Tölaqul” qişloğida yaşagan J.Abdurasulovning jasadi yaşaş uyidan çamasi 200 metr uzoqlikdagi adirlikdan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyi prokuratura va IIB xodimlari iştirokida közdan keçirilib, tegişli ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan zudlik bilan Çiroqçi tumani prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari taşkillaştirilgan.

Tergov jarayonida uşbu jinoyatni N.J. (ayol kişi) sodir etganligi aniqlanib, ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan holda, sud ajrimi bilan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Tuman prokurori tomonidan marhumning yaqin qarindoş-lari bilan ularning xonadoniga borgan holda suhbat ötkazilib, barça vajlariga tergov jarayonida qonuniy baho berilişi tuşuntirilgan.

Tergov jarayonida barça holatlar töliq tekşirilib, qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.

×