Rossiyada vahima: 27 yoşli ayol vabodan ölgani aytilmoqda

Rossiyada vahima: 27 yoşli ayol vabodan ölgani aytilmoqda

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Şelexov şifoxonasida 27 yoşli bemor ayol vafot etdi. Uning ölimidan söng şifoxona karantinga yopildi, ayol bilan aloqada bölgan kişilar esa izolyatsiya qilinib, tibbiy kuzatuv ostiga olindi. Ölim sababi hozirça mutaxassislar tomonidan turi aniqlanayotgan infektsiya bilan boğlanmoqda. Uşbu fonda ijtimoiy tarmoqlarda vabo kasalligini yuqtiriş ehtimoli haqida xabarlar paydo böldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bemor joriy yilning 29 sentyabr kuni şifoxonaga yotqizilgan. Dastlab şifokorlar COVID-19 ning oğir keçişini gumon qilgan, biroq keyinroq vabo yuqtirilgan bölişi mumkinligi haqida maʼlumot paydo bölgan. Buning ortidan Telegram-kanallar, xususan, SHOT, “Baza” va “Mash” marhuma vaboga qarşi institutda işlaganini hamda Buryatiyadagi xizmat safarida yoki laboratoriyada probirkani sindirib qöyib, kasallikni yuqtirgan bölişi mumkinligini yozgan.

Irkutsk Epidemiologiya va mikrobiologiya instituti uşbu maʼlumotni rad etgan: matbuot xizmati ayol ularda heç qaçon işlamaganini, institutning özi esa vabo qözğatuvçisini tadqiq qiliş bilan şuğullanmasligini maʼlum qilgan. Boşqa sohaviy muassasalar va Rospotrebnadzor tomonidan marhumaning iş joyi haqida hozirça heç qanday bayonot berilgani yöq.



Mutaxassislar vafot etgan bemor bilan aloqada bölgan jami 197 kişini aniqlagan. Ulardan 189 nafari profilaktik kuzatuv uçun şifoxonaga yotqizilgan, yana sakkiz kişi hozirça karantindan taşqarida qolmoqda. Şu bilan birga, hokimiyat organlari aniqlangan muloqotda bölgan şaxslarda kasallik belgilari yöqligini va laboratoriya tadqiqotlari natijalari manfiy çiqqanini xabar qilmoqda.

Şelexov şifoxonasida bir qator bölimlarning bemorlarni qabul qilişi va çiqarişi, şuningdek, laboratoriya işi vaqtinça töxtatilgan. Rossiyada insonning vabo bilan kasallanişi böyiça oxirgi holat 2016 yilda Oltoyda qayd etilgan. Agar hozirgi gumon öz tasdiğini topsa, Irkutsk viloyati uçun bu oxirgi ön yil içidagi birinçi şunday holat böladi.

Maʼlumot uçun, vabo (cholera) – ingiçka içakning zararlanişi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning oğirlaşuvi va organizmning suvsizlanişi bilan davom etadigan ötkir infektsion öta xavfli içak kasalliklaridan biri. Vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik Vabo vibrioni va El-Tor vibrioni deb ataladigan ikki turga ajratiladi. Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygaça, muzda bir neça oy, ariqlarda bir neça kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir neça oy, axlat çuqurlarida 3 oygaça, içki kiyimlarda 2 oy, qum-tuproqda bir neça oy, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yoğda bir oygaça, kartoşkada 2 haftagaça, höl mevada bir neça kungaça tirik qolişi mumkin. Dezinfektsiyalovçi moddalar vibrionni tez öldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez öladi. Vabo vibrioni bemorning axlati, qusuği, baʼzan peşobi bilan taşqariga çiqadi. Vibrionlar tuşgan suv va oziq-ovqatni isteʼmol qiliş natijasida mazkur kasallik yuqişi mumkin.


Teglar:
×