Rossiyada ehtimoliy maymunçeçak bilan boğliq bölgan holatlar sababli epidemiologik suriştiruv boşlandi. Beş kişi şifoxonaga yotqizilgan va şifokorlar nazoratida bölib turibdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilişiça, maymunçeçak gumon qilingani sababli Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida beş kişi şifoxonaga yotqizilgan. Mutaxassislar yuqtirişning ehtimoliy holatlarini va bemorlar bilan muloqotda bölgan bölişi mumkin bölgan şaxslarni aniqlamoqda.
“Epidemiologik suriştiruv davomida muloqotda bölgan şaxslarni aniqlaş böyiça işlar olib borilmoqda. Beş kişi şifoxonaga yotqizilgan va tibbiy nazoratda bölib turibdi. Dezinfektsiya işlarini ötkaziş böyiça körsatma berildi”, deyiladi xabarda.
Boşqarmaning qöşimça qilişiça, mutaxassislar zudlik bilan sanitariya-epidemiologik suriştiruvni boşlagan va epidemiyaga qarşi töliq çora-tadbirlar majmuini taşkil etgan.
Diagnostika uçun Rospotrebnadzor tomonidan işlab çiqilgan va röyxatdan ötkazilgan, virusni qisqa muddatda aniqlaş imkonini beruvçi test tizimlaridan foydalanilmoqda. Suriştiruv davom etmoqda, vaziyat idora nazoratida.
Avvalroq, 15 oktyabr kuni boşqa holatlar Moskva viloyatida qayd etilgani xabar qilingan. U yerda maymunçeçak yuqtirgan deb taxmin qilingan şaxs bilan muloqotda bölgan beş kişi profilaktika maqsadida şifoxonaga yotqizilgan. Hududiy Soğliqni saqlaş vazirligining maʼlum qilişiça, ularda kasallik simptomlari bölmagan, ahvoli qoniqarli deb baholangan. Bemorlardan tahlillar olinib, tibbiy nazorat örnatilgan.
BAZA maʼlumotlariga köra, virusli kasallik simptomlari bilan şifoxonaga beş kişi olib borilgan: 22 yoşdan 35 yoşgaça bölgan uç erkak va ikki ayol. Ular bir xonadonda yaşaşgan. Naşrning yozişiça, ular 12 oktyabr kuni infektsiya manbai bilan muloqotda bölgan bölişi mumkin.
“Mash” maʼlumotiga köra, bemorlar 21 kunlik karantinga yuborilgan. Şu bilan birga, kanal ehtimoliy infektsiya manbai bilan muloqot 10 oktyabr kuni sodir bölganini daʼvo qilmoqda.
Maʼlumot uçun, maymunçeçak – bu yuqumli kasallik bölib, zararlangan odam bilan yaqin muloqotda bölganda, ifloslangan buyumlar orqali, şuningdek, kasallangan hayvonlardan ötadi. Simptomlar zararlangandan keyin 1–21 kun içida paydo böladi. Ular orasida oğriqli toşmalar, isitma, limfa tugunlarining kattalaşişi, boş oğriği, muşak oğriqlari va kuçli holsizlik bor. Kasallik oğir keçişi va asoratlar keltirib çiqarişi mumkin.
Eslatib ötamiz, oldinroq Irkutskdagi ölatga qarşi institutda işlagan 28 yoşli laborant Darya Şipilovaning ölimi haqida maʼlum bölgan edi. “Rospotrebnadzor” buni pnevmoniya bilan, bir qator manbalar esa ölat bilan boğladi. Marhuma bilan aloqada bölgan 200 ga yaqin kişi izolyatsiya qilingan edi. Şelexovdagi şifoxona va “Lyudi Baykala” maʼlumotlariga köra, Irkutskdagi yana beşta tibbiyot muassasasi karantinga yopilgan edi.
Bundan taşqari, Şelexovdagi Irkutsk alyuminiy zavodida niqob rejimi joriy etilgandi. “Lyudi Baykala”ning soğliqni saqlaş sohasidagi manbasi şifokorlar “allaqaçon ölat haqida oçiqçasiga gapirişayotganini”, ammo rasmiy hujjatlarda kasallik tilga olinmaganini taʼkidlagan edi. Irkutskning karantinga yopilgan tuğuruqxonasida yotgan ayollardan birining sözlariga köra, şifokorlar tölovli hamkorlikdagi tuğuruq şartnomasiga qaramay, ölatni vaj qilib, uning erini palataga kiritişmagan.
Kobzev Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) fuqarolar salomatligi uçun xavflar yöqligini “oçiqçasiga tasdiqlaganini” aytdi. Uning maʼlumotlariga köra, Irkutsk va Şelexovdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat “barqaror”.
Şu bilan birga, JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus taşkilot haligaça Irkutsk viloyatidagi vaziyat böyiça “töliq tasavvur”ga ega emasligini bildirdi. Uning sözlariga köra, şu sababli JSST “xavflarni keng kölamli baholay olmaydi”. Gebreisus “sababi aniqlanmagan pnevmoniyaga çalingan ikkinçi xodim” haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar böyiça Rossiya Federatsiyasidan qöşimça izohlar kutayotganini taʼkidladi.
Özbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov mamlakatda ölat kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror ekanini va xavotirlanişga heç qanday asos yöqligini maʼlum qildi.
Keyinroq, Irkutsk ölatga qarşi instituti xodimasining ölimidan söng mahalliy darajada joriy etilgan karantin rejimi bekor qilindi.









