Joriy yilning 2 yanvar kuni Rossiyada Samarqanddan bölgan mehnat muhojiri Maxsus maqsadli mobil blok (OMON) tomonidan amalga oşirilgan qiynoq oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Hodisa 2025 yilning 12 dekabr kuni sodir bölganiga qaramay, buning isi yangi yildan keyin çiqdi.
Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov maʼlum qilişiça, marhumning jasadi hamon Rossiya Federatsiyasida saqlanmoqda, ertaga, 11 yanvar kuni u Özbekistonga yuboriladi.
“Yakşanba kuni mayyit Özbekistonga yuboriladi. Duşanba kuni Özbekiston vakillari samarqandlik fuqaroning vafoti böyiça Xabarovsk rasmiylari bilan uçraşadi”, dedi Burxonov.
Tahririyat jurnalisti marhumning jasadi qay tartibda Özbekistonga yuborilişi, xarajatlar kim tarafidan qoplanişi haqida savol berar ekan, vazirlik rasmiysi bunday masalalar böyiça maxsus fond taşkil qilingani, agar marhumning yaqinlari xarajatlarni tölaş böyiça qiyinçilikka duç kelsa, bu davlat tarafidan qoplanişini maʼlum qildi.
Rossiyada öldirilgan özbekistonlik migrant
Rossiyaning Xabarovsk şahrida Samarqandlik mehnat muhojiri Maxsus maqsadli mobil blok (OMON) tomonidan sodir etilgan qiynoqlar oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea 2025 yilning 12 dekabr kuni sodir bölgan bölişiga qaramay, u haqida maʼlumot 2026 yilning 2 yanvarida berildi.
Maxsus kuçlar xodimlari kafelardan biriga bostirib kirib, u yerda bölgan özbekistonlik fuqarolarga nisbatan kuç işlatgan. Oqibatda ikki nafar fuqaro oğir tan jarohatlari olib, koma holatiga tuşgan, ulardan biri, bir neça kun ötib vafot etgan. Ikkinçi jabrlanuvçi haqidagi maʼlumotlar esa rasman tasdiqlanmagan. Hozirça marhumning jasadi Özbekistonga olib kelinmagan. Holat böyiça Özbekiston Taşqi işlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov rasmiy munosabat bildirdi.
Taşqi işlar vazirligiga köra, Boş konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bölib, zarur konsullik va amaliy yordam körsatmoqda. Jasadni vatanga qaytariş böyiça tegişli işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, hodisa yuzasidan Xabarovsk ölkasi Prokuraturasi, tergov boşqarmasi hamda Rossiya TIVning hududiy vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama, xolisona va qonun doirasida örganiş söralgan.
Uşbu voqea yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov Rossiyadagi özbekistonlik migrantlarni mamlakatni zudlik bilan tark etişga çaqirdi.









