qöqonlik tabib Iqboljon Soliyevning Özbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnomasi muddati tugaganiga qaramay, noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangani sababli sud qarori bilan unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qöllanilgan edi. Kuni keça tabib ozodlikka çiqib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali özi haqida tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan raddiya bildirdi.
Tabib 2024 yildan beri hujjatsiz faoliyat olib borgani haqidagi xabarlarga töxtalib, bu maʼlumotlar mutlaqo yolğon ekanini bildirdi. U Özbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan Rözimuhammad Xonnazarov imzosi bilan 2025 yilgaça berilgan guvohnomani, Qozoğiston soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatni, şuningdek, tabiblik faoliyati uçun ruxsat beruvçi xalqaro sertifikatni taqdim qildi.
“Bundan taşqari, menga tabobat assotsiatsiyasi tomonidan muddatsiz guvohnoma ham berilgan. Unda sana körsatilmaydi”, deydi u.
Şuningdek, tabibning yuristi Abdullajon Jörayev ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ayrim axborotlar “notöğri va asossiz” ekanini bildirib, tabibning guvohnomasi muddati ötmaganini taʼkidladi.
Yurist Iqbol Soliyevga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-5-moddasi talablari buzilgani haqidagi eʼtirozlarga ham izoh berib, tabib faoliyatini ommaviy tarğibot sifatida baholaş notöğri ekanini, axborot tarqatiş esa amaldagi qonunçilikda belgilangan huquqlar doirasida amalga oşirilganini bildirdi.
Qolaversa, Iqboljon Soliyev tabiblarga litsenziya talab etilmasligini, tabobat avloddan avlodga ötib kelayotgan kasb ekanini, tabobat ming yillik tarixga ega bölib, zamonaviy tibbiyot esa nisbatan yangiroq ekanini qayd etdi. Şuningdek, tabiblarni maxsus tayyorlaydigan muassasa mavjud emasligini bildirdi.
“Bizga öqişingiz kerak, deyişyapti. Tabiblarni öqitadigan odam bormi özi? Bizning ota-bobolarimiz şu iş bilan şuğullangan, biz ham ularning yölidan ketyapmiz”, deydi u.
Maʼlumot uçun, Iqboljon Soliyev 2025 yil 10 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudi qaroriga muvofiq, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari miqdorida maʼmuriy jarima solingan.









