Sönggi kunlarda Ozodlik radiosining "Kreml çangalidagi özbek gazi" sarlavhali suriştiruvi ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida şov-şuvlarga sabab böldi. Suriştiruvda özbek gazi suvtekin narxda Rossiya kompaniyalariga sotib yuborilgani aytilgan.
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov bugun, 13 fevral kuni bir guruh jurnalist va jamoatçilik faollari bilan uçraşib, Ozodlik radiosidagi material böyiça jamoatçilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, özbek gazi Rossiya kompaniyasiga 35 yillik muddatga sotib yuborilgani inkor qilindi. Vazir buni şunday izohladi:
– Özbekiston özining barça gaz va neftiga oid eksklyuziv huquqini 35 yilga Rossiya kompaniyalariga bermagan. Bu yolğon va notöğri talqin qilingan maʼlumot. Özbekistondagi barça ekspuluatatsiyada bölgan konlarning asosiy qismi "Özbekneftigaz" kompaniyasida. Bu 35 yil faqatgina "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konditsat koni özlaştiriş va uni işlatişga tegişli. Bu kon Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylaşgan. Özbekistonda 250dan ortiq gaz va neft konlari bölsa, şundan bittasi, yaʼni "M-25" gaz konini 35 yilga daromadni 50/50 bölişiş şarti bilan investorga berilgan. Konni özlaştiriş 100 foiz investor mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Energetika vaziri kondan foydalaniş huquqining nega uzoq, 35 yilga berilişi haqidagi savolga ham javob berdi.
"Kondan foydalanişning uzoq muddatga berilişi tajribada bor. Bu konning hajmiga boğliq. Bu 35 yilning 8 yilida geologik qidiruv işlari olib boriladi",–dedi vazir Jörabek Mirzamahmudov.









