“Bormi oğriq?” Qöqonlik tabib faoliyatida qonun buzilişi aniqlandi

“Bormi oğriq?” Qöqonlik tabib faoliyatida qonun buzilişi aniqlandi

Farğonalik tabib I.S.ning Özbekiston xalq tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati tugaganiga qaramay, noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, “Bio nur” klinikasi sohibi sifatida tanilgan I.S.ning faoliyati qonuniyligi örganilgan. Şu paytda uning 2020 yilning 5 avgust kuni soliq organlaridan “Xalq tabobati” faoliyat turi böyiça röyxatdan ötgani hamda Özbekiston xalq tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati 2024 yilning 12 dekabr kuni tugagani aniqlangan.

Unga nisbatan Qöqon şahar IIB tomonidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudiga yuborilgan. Tabibga nisbatan sud tomonidan 2025 yilning 10 yanvar kuni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59⁵-moddasi (xalq tabobati töğrisidagi qonunçilikni buziş) 1-qismi bilan 7 mln 500 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Şuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlari fuqarolarning eʼtirozlariga sabab bölgani inobatga olinib, IIO xodimlari tomonidan rasmiy ogohlantirilgan.

Biroq I.S. takroran öz faoliyatini davom ettirib, videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab kelgani aniqlanib, joriy yilning 27 noyabr kuni Qöqon şahar IIB tomonidan unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59⁵-moddasi 3-qismi (xalq tabobati sohasida faoliyat olib boriş uçun tegişli huquqqa ega bölmagan şaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy taşxis qöyiş va ularni davolaş xizmatlarini körsatiş hamda mazkur xizmatlarni omma oldida tarğib qiliş) bilan hujjatlar rasmiylaştirilgan hamda tegişli tartibda sud organiga yuborilgan.


Teglar:
×