Frantsiyaning sobiq prezidenti qamoqdan ozod qilindi

Frantsiyaning sobiq prezidenti qamoqdan ozod qilindi

Frantsiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi saylov kampaniyasidagi noqonuniy xarajatlar böyiça iş doirasida muddatidan oldin şartli ravişda ozod qilindi. Bu haqda RTL radiostantsiyasi xabar berdi.


Maʼlumotlarga köra, sud 71 yoşli Sarkozining yoşi sababli jazoni yengillaştiriş haqidagi iltimosini qanoatlantirgan. Qaror 7 maydan kuçga kiradi.

Gap Sarkozining 2012 yilgi prezidentlik saylov kampaniyasiga xizmat körsatgan Bygmalion PR-agentligi bilan boğliq iş haqida ketmoqda. Sud siyosatçining partiyasi Bygmalion’dan 18 million yevrodan ortiq mablağ olganini va bu xarajatlar rasmiy hisobotga kiritilmaganini aniqlagan.

Şu sabab Sarkozi bir yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinçalik jazo olti oyga qisqartirilib, qamoq örniga elektron bilaguzuk taqiş imkoniyati berilgan. RTL maʼlumotiga köra, endi siyosatçi elektron bilaguzuk ham taqmaydi.

Nikolya Sarkozi 2007–2012 yillarda Frantsiya prezidenti bölib işlagan va qamoq jazosini olgan ilk sobiq Frantsiya prezidenti hisoblanadi.

Bygmalion işidan taşqari, u yana ikki jinoyat işi böyiça aybdor deb topilgan.

2021 yil mart oyida Sarkozi korruptsiya va France Court of Cassation xodimini pora bilan oğdiriş işida aybdor deb topilgan. Öşanda u bir yil qamoq va yana ikki yil şartli jazoga hukm qilingan, biroq real qamoq muddati qisman uy qamoği va elektron bilaguzuk bilan almaştirilgan edi.

2025 yil sentyabrida esa, Sarkozi Muammar Kaddafi hukumati tomonidan 2005–2007 yillarda uning saylov kampaniyasini moliyalaştiriş böyiça jinoiy til biriktiriş işida aybdor deb topilgan.

Sud unga beş yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlagan, ammo hukm ijrosi keyinga qoldirilgan. 2025 yil oktyabrida Sarkozi 20 kun qamoqda bölib, keyinçalik sud nazorati ostida ozod qilingan. Hozirda uşbu iş böyiça apellyatsiya jarayoni davom etmoqda.


Teglar:
×