Bir neça kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda «Qöqon-Toşkent» yönalişida kira bilan şuğullanuvçi şaxs bedarak yöqolgani, oradan bir neça kun ötib, uning jasadi Ohangaron tumanidan topilgani haqida xabarlar aylanmoqda.
Boş prokuratura holatga oydinlik kiritdi: mazkur şaxs Qöqonga tutaş Danğara tumanidan bölib, darhaqiqat, u qotillik qurboniga aylangan.
Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning «Xabar.uz»ga maʼlum qilişiça, 2020 yil 6 yanvar kuni Farğona viloyati, Danğara tumanida istiqomat qiluvçi B.Davidova Ohangaron tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 1962 y.t. turmuş örtoği K.Yuldaşev (1962 y.t.) 2020 yil 5 yanvar tuşdan keyin oq rangli «Kobalt» rusumli (davlat raqami 40Z075RA) avtomaşinada «Qöqon-Toşkent» yönalişi böylab kira qiliş maqsadida uyidan çiqib, şu böyiça qaytmaganini bildirib, uni topişda amaliy yordam berişni söragan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida bedarak yöqolgan K.Yuldaşev 2020 yil 5 yanvar kuni soat 23:00larda Toşkent şahar Bektemir tumanidagi «Vodiy» avtobekatidan Danğaraga qaytiş uçun yölga çiqqani, soat 23:52da esa uyali telefoni orqali qizi bilan gaplaşib, Ohangarondan Beşariq tumaniga yölovçi olib qaytayotganligini maʼlum qilgani aniqlandi. Şundan keyin uning telefoni öçirilib, uyiga yetib bormagan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2020 yil 7 yanvar kuni soat 18:00 larda K.Yuldaşev boşqaruvidagi «Kobalt» avtomaşinasi Ohangaron şahar Yangiobod mahallasidan topildi.
Hodisa joyi va avtomaşina közdan keçirilib (avtomaşina saloni va yukxonasidan), qonga öxşaş qizğiş doğlardan namunalar va örindiq jildlari aşyoviy dalil tariqasida olingan.
Uşbu holat yuzasidan 2020 yil 7 yanvar kuni Ohangaron şahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida K.Yuldaşevning murdasi (2020 yil 8 yanvar kuni) uning avtomaşinasi topilgan joyidan 18 km.da uzoqlikda, yaʼni Ohangaron tumani, Telov mahallasi hududidan oqib ötuvçi «Angren» daryosi ustidan ötuvçi «Nurobod-Telov» avtomobil yölidagi köprikdan öng tomonda, daryo özani çap tomonidagi çakalakzordan topilgan. Murda yalonğoç holatda bölib, badanining oldi tarafida 7 marotaba, orqa tomoniga 7 marotaba ötkir tiğli jism bilan yetkazilgan tan jarohatlari borligi aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida K.Yuldaşevning ölimi qöşma jarohat: boş miya yopiq jarohati, kökrak old-orqa va yonboş, qorin sohalarida köplab sançilib kesilgan jarohatlari oqibatida kelib çiqqan taşqi va içki qon ketişi natijasida yuzaga kelganligi körsatilgan.
Hozirda jinoyatni foş etiş çoralari körilmoqda.
Jinoyat işi Boş prokuratura nazoratida.









