Özbekiston Afğonistonga 390 tonna gumanitar yordam yubordi

Özbekiston Afğonistonga 390 tonna gumanitar yordam yubordi

Keça, 29 dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton şahrida Özbekiston rahbariyati nomidan Afğoniston xalqiga navbatdagi gumanitar yordamni topşiriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi maʼlum qildi.

Bildirilişiça, umumiy oğirligi qariyb 390 tonnani taşkil etgan mazkur gumanitar yuk “Termez Cargo Centre” maydonçasida şakllantirilib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda tibbiy uskunalardan iborat.

“Gumanitar yuk tarkibi bilan tanişiş jarayonida Balx viloyati hokimi M.Vafo Afğoniston xalqiga körsatilayotgan doimiy yordam uçun Özbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Uşbu yordam Özbekiston rahbariyati tomonidan afğon xalqini qöllab-quvvatlaş yölidagi izçil saʼy-harakatlarning ifodasi ekani taʼkidlandi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, mazkur aktsiya 2025 yil davomida Afğoniston xalqiga yönaltirilgan törtinçi gumanitar yordam hisoblanadi.

Şuningdek, Balx viloyati hokimi Özbekiston tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan aniq çora-tadbirlarga eʼtibor qaratdi. Natijada sönggi yillarda afğon mahsulotlari eksporti hajmlari sezilarli darajada oşgani, şuningdek, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy şaroit va aholi farovonligi yaxşilangani qayd etildi.

Eslatib ötamiz, joriy yil mart oyida Navröz bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) munosabati bilan Afğoniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qöşni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazilgandi. May oyida esa Özbekiston Afğonistonga beğaraz ravişda qişloq xöjaligi mahsulotlarini (26 tonnadan ortiq uruğlar) yetkazib berdi. Iyunda Qurbon hayiti munosabati bilan Afğoniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Sentyabrdagi zilziladan söng esa bağrikenglik va hamdardlik ramzi sifatida Kunar va Nangarhor viloyatlari aholisi uçun 300 tonna insonparvarlik yordami yuborildi. Özbekiston 2026 yilda ham Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni davom ettiradi.


×