Özbekiston Afğonistonga gumanitar yordam jönatdi

Özbekiston Afğonistonga gumanitar yordam jönatdi

Bugun, 23 dekabr kuni Özbekiston Afğonistonga navbatdagi yordam yukini jönatdi. Turli mahsulotlar ortilgan poyezd Surxondaryodan yölga çiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

“Özbekiston Respublikasining birodar afğon xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-keçak hamda kömir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz şahridagi “Ayritom” çegara ötkaziş punkti orqali Afğonistonning Mozori Şarif şahriga jönatildi”, deyiladi xabarda.

Şu munosabat bilan bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari iştirokida insonparvarlik yordamini topşiriş marosimi bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyi örtalarida ham Özbekiston Afğonistonga 1300 tonna yordam yuborgandi. 

×