Yevropa Ittifoqi Afğonistonga yordam körsatiş uçun Termiz şahrida gumanitar xab taşkil etadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning maʼlum qilişiça, keça, 15 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Bryussel şahrida Yevropa Ittifoqining Afğoniston böyiça maxsus vakili Tomas Niklasson bilan muzokaralar ötkazgan.
Suhbat çoğida Özbekiston va Yevropa Ittifoqining afğon inqirozini tinç yöl bilan hal etiş, şuningdek, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boşqa yordam körsatiş borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilingan.
Tomas Niklasson Özbekistonning Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar fuqarolarini Afğonistondan evakuatsiya qilişda körsatayotgan yordamini yuqori baholadi hamda Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni örnatiş, şuningdek, Termiz şahrida gumanitar xab taşkil etişda mamlakatimiz bilan kelgusida faol hamkorlik qilişdan manfaatdorligini bildirgan.
Tomonlar Afğonistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatdagi yangi hokimiyatga nisbatan umumiy pozitsiyasini işlab çiqiş, Afğonistonda gumanitar inqirozning oldini oliş yuzasidan fikr almaşgan.









