Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuboriş töğrisida prezident farmoyişi qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmoyişga köra, koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş yuzasidan Xitoy tomonining saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar şaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda:
- bir martalik steril tibbiy qölqoplar;
- himoya qiluvçi kombinezon;
- yuz uçun filtrlovçi niqob;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka.
Insonparvarlik yukini kuzatib boriş va topşiriş uçun XXRga soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari boşçiligida Özbekiston delegatsiyasi yuborildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki şakllantirilişi va yetkazib berilişi uçun masʼul etib belgilandi.

Insonparvarlik yordamining ikkinçi partiyasini tayyorlaş maqsadida «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi respublika töqimaçilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanişini taʼminlaydi.









