Bugun xalq deputatlari Uyçi tumani Kengaşining ham navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi
Unda taşkiliy masala körildi. Sessiyada Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Viloyat rahbari keyingi yillarda Uyçi tumanida olib borilgan işlar, Uyçi tajribasi doirasida erişilgan yutuqlar barobarida, işda yöl qöyilgan xato va kimçiliklarga atrofliça töxtalib, hududlarni yanada rivojlantiriş böyiça dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Bu işlarni amalga oşiriş uçun tumanga yangi hokim zarur.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Musayev Şuhrat Mirsodiqoviçni Uyçi tumani hokimi vazifasidan ozod qiliş va tuman kengaşining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qiliş haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.
Şuningdek, viloyat hokimining
Abdullayev Muzaffar Abduğaniyeviçni Uyçi tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarori bir ovozdan maʼqullandi.









