Bugun, 23 dekabr kuni xalq deputatlari Uyçi tuman Kengaşining navbatdan taşqari qirq törtinçi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi.
Tumanning sobiq rahbari Muhammadzokir Jöraboyeviç Mamatxonov salomatligi tufayli öz arizasiga köra tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman Kengaşi deputatlari tasdiği bilan Şuhrat Mirsodiqoviç Musayev Uyçi tumani hokimi etib tayinlandi.
Şunday söng Şuhrat Musayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça işlab çiqilgan “Yöl xaritasi”ni tuman Kengaşida taqdimot qilgan.
Maʼlumot uçun, Şuhrat Musayev 1973 yilda Namangan viloyatining Çortoq tumanida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
U 2021 yil fevral oyidan Namangan viloyati hokimining örinbosari — Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.









