Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Uyçi tumani mutasaddilari iştirokidagi ziyofat videosi tarqaldi; taʼkidlanişiça, tadbir kuçaytirilgan karantin tartibi amal qilayotgan, xususan, köpçilik iştirokida yiğin-marosimlar ötkaziş taqiqlangan vaqtda yuz bergan.
Uyçi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadali Qambarovning «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga maʼlum qilişiça, ziyofat 28 iyun kuni tumandagi yemakxonalardan birida uyuştirilgan (maʼlumot uçun, 26 iyun holatiga köra Uyçi tumani «qizil» hudud bölgan, şu bois tumandagi umumiy ovqatlaniş muassasalarida ziyofat ötkaziş mumkin emasdi).
«Lavhada ‘Uyçi tumani hokimi’ deya qayta-qayta aytilgan bölsa-da, tasvirda aslida tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Muxtorjon Bobojonov aks etgan. Bundan taşqari, ziyofatda tuman IIBning taşkiliy işlar bölimi boşliği Husanboy Töxtaboyev hamda Namangan şahar Davlat xizmatlari markazi boşliği Nodirbek Isomiddinov ham qatnaşgan», — dedi Qambarov.
Videoda davra örtasida berilib doira çalayotgan fuqaro esa uyçilik sozanda Muxtorjon Tursunov, qolgan fuqarolar esa ularning döstlari. «Garçi uşbu holat dam oliş kuni, işdan taşqari paytda bölib ötgan bölsa-da, kasb odobi va etikasiga töğri kelmasligini bildiramiz», — deya qöşimça qildi Muhammadali Qambarov.
Tuman hokimligi vakilining alohida qayd etişiça, Muxtorjon Bobojonov masʼul rahbar böla turib, karantin qoidalariga amal qilmagani, xatoga yöl qöyganligi va mazkur xatti-harakatlari uçun unga tuman hokimining 12 avgustdagi farmoyişi bilan «hayfsan» intizomiy jazosi qöllanilgan.
Husanboy Töxtaboyevning xatti-harakatlari yuzasidan esa tuman IIB tomonidan xizmat tekşiruvi olib borilmoqda.









