
Şu yilning 19 iyun kuni xalq deputatlari Namangan tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Bu haqida Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Sessiyada viloyat va tuman Kengaşi deputatlari, viloyat hokimining örinbosarlari, hokimlikning guruh, kotibiyat, bölim boşliqlari, tuman faollari, huquqni muhofaza qiliş idoralari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdilar.
Tuman Kengaşining sessiyasida taşkiliy masala körildi. Deputatlar 2017 yil 23 fevraldan beri tuman hokimi bölib işlab kelgan Şuhrat Abdulxayeviç Davronovning örniga Sadriddin Zokiroviç Möminovni Namangan tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.
Maʼlumot örnida, Sadriddin Zokiroviç Möminov 1970 yilda Namangan viloyati Çortoq tumanida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 1991 yili Toşkent xalq xöjaligi institutini moliya-kredit yönalişi böyiça tamomlagan. Özbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.
Qayd etiş joiz, Sadriddin Möminov hozirgaça Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
Sadriddin Zokiroviç Möminovga yangi masʼuliyatli vazifada mustahkam salomatlik, kuç-ğayrat, şijoat va ulkan zafarlar tilaymiz









