Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 17 yoşli qiz ölik holda dunyoga keltirgan çaqaloği jasadini uyi yaqinidagi binoning orqa tomoniga taşlab ketgani aniqlandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.
Andijon viloyat prokuraturasi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, 2022 yilning 21 yanvar kuni soat 09:30 larda tumandagi «Janubiy Olamuşuk» şaharçasi, «Ittifoq» mahallasidagi köp qavatli uylar joylaşgan hududdan qiz jinsli yangi tuğilgan çaqaloqning jasadi taşqi tan jarohatlarsiz topilgan.
Mazkur holat böyiça voqea joyi huquqni muhofaza qiluvçi organlari, viloyat sud tibbiy ekspertiza mutaxassislari hamda tezkor-tergov guruhi aʼzolari iştirokida hodisa joyi va çaqaloq jasadi közdan keçirilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida çaqaloqni şaharçaning «Navoiy» mahallasida yaşovçi voyaga yetmagan M.Ş. (2004 yilda tuğilgan) yaşaş uyining yonidagi qurilişi tugallanmagan bino içida 20 yanvar kuni soat 23:00 larda ölik holatda tuğib, uning jasadini uşbu binoning orqa tomoniga taşlab ketgani aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining dastlabki maʼlumotnomasida tuğilgan çaqaloq ölik homila ekani aniqlangan. Çaqaloqning ölim sabablarini hamda badanlarida tan jarohatlari yoki ularning izlari bor-yöqligini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, ijro etişlik uçun viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari davom ettirilmoqda.









