Toşkentda avtobus yonib ketdi

Toşkentda avtobus yonib ketdi

Bugun, 20 dekabr kuni Toşkentning uçtepa tumanida yölovçi taşuvçi avtobusda yonğin yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, soat 07:50 da Uçtepa tumani Farhod köçasida “Örikzor-Dömbirobod” 125-yönalişda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yonğin sodir bölgan.

FVBga bu haqda xabar kelgaç, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da yetib borib, yonğin soat 08:00 da öçirilgan. 

Yonğin oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

×