1 sentyabrdan nimalar özgaradi?

1 sentyabrdan nimalar özgaradi?

Özbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran qonunçilikda bir qança özgarişlar amalga oşadi.

Maktab va boğça direktorlarining maoşi oşiriladi

Sobiq maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova joriy yilning mart oyida Prezidentning tegişli farmoni bilan maktab direktorlari va ularning örinbosarlari hamda maktabgaça taʼlim taşkiloti direktorlari iş haqi miqdorlari oşirilişini maʼlum qilgandi. 

  • 2025 yil 1 sentyabrdan boşlab umumiy örta taʼlim taşkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, örinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oşirilib, boğçalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy örta taʼlim taşkiloti direktori örinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriş orqali oşiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin boğça direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor örinbosarlarining iş haqi miqdorlari oşiriladi.
  • 2026 yil 1 yanvardan boşlab umumiy örta taʼlim taşkilotlarining direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan direktor va uning örinbosarlariga faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) natijasiga köra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegişliça 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Şuningdek, tuman bölimlarida qöşimça ştatlar ajratilmoqda va bu öquvçilar bilimini baholaşni monitoring qiliş, öquvçilarga xorijiy til va kasbga örgatiş vazifalarini amalga oşiriş uçun tegişli lavozimlarni joriy etiş imkoniyatini yaratadi. Bundan taşqari, hududiy bölinmalar xodimlaringning köp yillik xizmati uçun rağbatlantiriş joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boşqaruv xodimlariga köp yillik xizmati uçun rağbatlantiriş tizimi yölga qöyiladi).

Şu bilan birga, maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 75 foizigaça (amalda 50 foizgaça) miqdorida etib belgilanmoqda.

Davlat xizmatçilarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari böyiça maʼlumotlar bazasi yaratiladi

Joriy yil 1 sentyabrdan boşlab davlat xizmatçilarining öz könikmalarini doimiy rivojlantirib borişi hamda ular örtasida özaro muloqotni kuçaytiriş böyiça quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvçi “Davlat xizmatçisi” mobil ilovasi işga tuşiriladi:

  • masofaviy tarzda davlat xizmatçilarining kompetentsiyalarini rivojlantiriş va malakasini oşiriş hamda bu borada statistik maʼlumotlarni şakllantiriş;
  • davlat xizmatçilari tomonidan davlat organi iş faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan taşabbuslar beriş hamda rahbar tomonidan ularga munosabat bildiriş;
  • davlat xizmatçisining şaxsiy rivojlaniş rejasini tuziş, uning bajarilişini monitoring qiliş;
  • xodim töğrisidagi maʼlumotlar, rahbar xodimlar uçun ular tomonidan muvofiqlaştiriladigan soha va bölinmalar, boğlaniş uçun telefon raqami, poçtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqidagi axborotlarni nazarda tutuvçi maʼlumotlar bazasini yaratiş. 

Ayrim talabalarning TTJdagi yaşaş xarajatlari qoplab beriladi

2025/2026 öquv yilidan kambağal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turarjoylaridagi yaşaş xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bu haqda “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarorida söz boradi.

Özbekistonliklar Iordaniyaga vizasiz bora oladi

Özbekiston fuqarolari joriy yilning 25 sentyabridan boşlab Iordaniyaga vizasiz borişi mumkin böladi. Buni Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov tasdiqladi. 

Uning aniqlik kiritişiça, Özbekiston va Iordaniya örtasida vizasiz rejimni joriy etiş töğrisidagi bitim imzolanganidan 30 kun ötib, yaʼni 25 sentyabrdan kuçga kiradi. Özbekistonliklar Iordaniyada 30 kungaça vizasiz qolişi mumkin böladi.

Maʼlumki, 26 avgust kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning Samarqandda bölib ötgan muzokaralari natijasida tomonlar özaro ravişda kiriş vizasi talabidan ozod qiliş töğrisida kelişuvga erişgan. 


Teglar:
×