1 sentyabrdan nimalar özgaradi?

1 sentyabrdan nimalar özgaradi?

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali 2020 yil 1 sentyabridan boşlab amalga oşiriladigan muhim voqealar va qonunçilikdagi özgarişlar şarhini eʼlon qildi.

  1. Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga, zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oşiriladi va quyidagiça belgilanadi:

? pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 262 470 söm;

? yoşga doir eng kam pensiyalar – 513 350 söm;

? bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa – 513 350 söm;

? zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 315 030 söm.

  1. Xorazm viloyati va Toşkent şahri örtasidagi eksport qatnovlarda eksport qiluvçilarga temir yöl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz çegirma joriy etiladi.
  2. Xorijga olib çiqib ketiş mumkin bölgan naqd valyuta miqdori oşadi

Jismoniy şaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib çiqib ketilayotgan 70 mln söm ekvivalentidan ortiq Özbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd çet el valyutasi uçun deklaratsiya töldiriladi (amalda 2 ming AQŞ dollari).

Şuningdek, 100 mln sömga teng yoki undan oşmaydigan naqd valyuta Özbekistondan taşqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda çeklovlarsiz olib çiqiladi (amalda 5 ming AQŞ dollari).

  1. Davlat boşqaruvi organlari, ularning hududiy bölinmalari, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, hokimliklar tomonidan öz faoliyati böyiça jamoatçilik oldida elektron hisobot beriş tartibi joriy etiladi.
  2. Barça auktsion savdolari natijalari QR-kodni qöllaş orqali rasmiylaştiriladi.

Şuningdek, «E-IJRO AUKSION» tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

  • auktsionda şaxsini identifikatsiyalaş imkonini beruvçi mobil ilovalar orqali iştirok etiladi;
  • davlat mulkini ijaraga beriş şartnomalari elektron şaklda ikki tomonlama tuziş orqali rasmiylaştiriladi;
  • savdolarda mavjud bölgan lotlar haqida batafsil maʼlumotlarni öz içiga oluvçi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylaştiriladigan elektron katalog yaratiladi.
  1. Çegara bojxona postlarida “Yagona darça” bojxona axborot tizimi joriy etiladi va buning natijasida bojxona rasmiylaştiruvi uçun sarflanadigan vaqtni eksportda 5 barobarga va importda 2 barobarga qisqartirişga erişiladi.
  2. Röyxatdan ötmasdan istiqomat qiliş muddati 15 kun böladi

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida Özbekiston fuqarolarini doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş yuzasidan quyidagi tartibotlar kuçga kiradi:

  • fuqarolarning doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatdan ötmasdan istiqomat qiliş muddati 15 kun hisoblanadi (amalda 10 kun);
  • doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olişni rasmiylaştiriş 1 kun içida amalga oşiriladi (amalda 3 kun);
  • Özbekiston fuqarolarini doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olişda avvalgi doimiy yaşaş joyidan röyxatdan çiqiş tartibi bekor qilinadi;
  • Özbekiston fuqarolariga doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişini rasmiylaştirişda pasport, uy daftari yoki xonadon kartoçkasiga röyxatga oliş ştampini bosiş amaliyoti bekor qilinadi;
  • harbiy xizmatga majburlarni doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olişda mudofaa işlari bölimlariga harbiy hisobdan çiqiş va harbiy hisobga turiş uçun boriş tartibi bekor qilinadi;
  • Özbekiston fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara şartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olinişda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.

Şuningdek, Özbekiston fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizom kuçga kiradi.

  1. Toşkent şahri va Toşkent viloyatida fuqarolarni doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş bilan boğliq işlar idoralararo elektron hamkorlik orqali «yagona darça» tamoyili asosida Içki işlar vazirligining «Manzil» avtomatlaştirilgan axborot tizimi vositasida amalga oşiriladi.
  2. Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganç va Farğona şaharlarida joylaşgan tibbiyot OTMlarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvçi ilmiy kengaşlar taşkil etiladi.
  3. Davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, şu jumladan, darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşrga tayyorlaş va çop etiş, Özbekiston norezidentlari ham qatnaşişi mumkin bölgan, davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
  4. Soliq va statistika hisobotlari maʼlumotlari hamda Quriliş sohasida nazorat inspektsiyasi maʼlumotlari asosida quriliş-pudrat taşkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.
  5. Undirilişi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan çiqariş tartibi töğrisidagi nizom kuçga kiradi.

Nizomga muvofiq, soliq qarzi quyidagi hollarda undirilişi umidsiz deb eʼtirof etiladi:

  • yuridik şaxs tugatilganda — yuridik şaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) şu yuridik şaxsning muassislari (iştirokçilari) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uziş imkoni bölmaganligi sababli uning Soliq kodeksining 91-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolganda;
  • yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda — qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi (uning qismi) uzilmay qolganda;
  • jismoniy şaxs vafot etganda yoki jismoniy şaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda — uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, şu jumladan meros davlat mulkiga ötgan taqdirda, uning soliq qarzi Soliq kodeksining 94-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolganda;
  • vafot etgan jismoniy şaxsning merosxöri bölmaganda yoki merosxör (merosxörlar) meros oliş huquqidan voz keçganda;
  • soliq organi soliq qarzini undirişning belgilangan muddati ötişi munosabati bilan uni undiriş imkoniyatini yöqotganligi töğrisida sud tomonidan qaror qabul qilinganda, şu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undiriş töğrisida ariza berişning ötkazib yuborilgan muddatini tiklaşni rad etiş haqida ajrim çiqarilganda;
  • çet el yuridik şaxs soliq organidan hisobdan çiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va Özbekiston Respublikasining norezidenti bölgan yuridik şaxs tomonidan tölaş imkonsizligi sababli soliq qarzi tölanmaganda.
  1. Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari böyiça yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida “Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi” fakulteti taşkil etiladi.
  2. Davlat organlari va taşkilotlari tizimidagi kontsert, madaniyat saroylari va boşqa muassasalarda töliq jonli ijro asosida ötkazilgan kontsert dasturlari uçun ijara tölovidan 50 foiz çegirma beriş tartibi joriy etiladi.

Şuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga möljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni xususiy teatrlarda ham sahnalaştiriş va ijro etişga ruxsat beriladi.

Quyidagi tartib joriy etiladi:

  • köçma tsirklar tomonidan ötkaziladigan tomoşa tadbirlariga ommaviy tadbir ötkaziş uçun ruxsatnoma oliş talab etilmaydi, bunda tadbir ötkaziş joyi va vaqti töğrisida içki işlar organlari kamida 10 kun oldin yozma ravişda xabardor qilinadi;
  • içki işlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari mazkur tomoşa tadbirlarida jamoat tartibi va yonğin xavfsizligini tölov undirilmagan holda taʼminlaydi;
  • davlat organlari va taşkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat boğlari, sport inşootlari, sayilgohlar va boşqa oçiq hududlarda köçma tsirklar tomonidan tomoşa tadbirlari ötkaziş uçun ijara va boşqa turdagi tölovlar undirilmaydi;
  • özini özi band qilgan fuqarolarning nomoddiy madaniy meros obʼektlarini (dorboz, askiya, lapar) asraş va ulardan foydalaniş böyiça faoliyatidan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.
×