Özbekiston qonunçiligida 2023 yil 1 sentyabrdan bir qator özgariş va yangiliklar kuçga kiradi. Norma mamlakatda 1 avgustdan kuçga kiradigan milliy qonunçilikdagi asosiy özgarişlar şarhini taqdim etdi.
Paxta sanoatida AKT joriy etiladi
Hududlar va klasterlar kesimida paxta xom aşyosini yiğib oliş bilan boğliq maʼlumotlar şakllantiriladigan axborot tizimi işga tuşiriladi, 2023 yil 15-sentyabrdan boşlab esa u “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
“Yonğindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oşiriladi
Uning doirasida:
- taʼlim taşkilotlarida yonğinlarning oldini oliş va yonğin sodir bölgan vaziyatda harakat qiliş böyiça batafsil uslubiy maşğulotlar ötkaziladi;
- davlat taşkilotlari, tadbirkorlik subʼektlari va boşqa taşkilotlarda iş joylarida yonğin xavfsizligi böyiça öqitiş taşkil etiladi, jumladan, evakuatsiya rejalari öt öçiriş vositalaridan foydalaniş qoidalari bilan taniştiriladi;
- aholi tarqatma materiallar bilan taʼminlanadi.
OAVda uşbu yönalişdagi maqola, intervyu va körsatuvlar namoyiş etiladi.
Davlat organlari töliq elektron iş yurituviga ötişadi
“Raqamli hukumat” tizimi doirasida ijro etuvçi hokimiyatning markaziy apparatlari töliq elektron hujjat aylaniş tizimiga ötkaziladi.
Yuridik oliygoh talabalariga işlaşga ruxsat beriladi
Oliy taʼlim muassasalarining bitiruvçi talaba-yuristlariga öqişdan böş vaqtda advokat yordamçisi sifatida faoliyat yuritişga ruxsat beriladi.
Bolalar uçun muzeylarga kiriş bepul böladi
18 yoşgaça bölgan bolalarning madaniy meros obʼektlariga, jumladan, körgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, şuningdek, davlat muzeylariga tölovsiz kiriş tartibi joriy etilmoqda.
Davlat iştirokidagi korxonalar depozit uçun banklarni auktsion orqali tanlaşadi
Davlat iştirokidagi korxonalarning böş pul mablağlarini depozitga joylaştiriş böyiça tijorat banklari örtasida foiz oşib boriş tarzida bank kapitali yetarliligi, bank kapitalining uning majburiyatlariga nisbati, likvidlilik koeffitsiyenti kabi şartlarni nazarda tutgan holda auktsion savdolari ötkaziladi.
Taʼlim tizimi islohoti
Tuman (şahar) maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlarining umumiy örta taʼlim muassasalari faoliyatini tekşiriş va taʼlim sifatini baholaş böyiça vakolatlari bekor qilinadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida eng tajribali direktorlardan iborat bölgan Direktorlar kengaşlari tuziladi.
2023/2024-öquv yilidan boşlab:
- maktablarning 1-4-sinf öquvçilariga boşlanğiç, 5-9-sinflarida tayanç hamda 10-11-sinf öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatiga mos bölgan bilimlarni berişga yönaltirilgan öquv dasturlari joriy etiladi;
- boşlanğiç sinflarda informatika fani, örta sinflarda esa öquvçilarning moliyaviy savodxonligini oşirişga qaratilgan darslar joriy etiladi;
- barça fanlar böyiça amaliy maşğulotlar uluşi 60%ga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qiliş orqali örgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajariş şaklida ötkaziladi.
Byudjet taşkilotlari quyoş batareyalari örnatişga majbur bölişadi
Byudjet taşkilotlariga quyoş paneli va issiq suv kollektorini örnatiş majburiyati yuklatiladi hamda 2026 yilga qadar ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yaşil energiya”ga bosqiçma-bosqiç ötkaziladi.
Haydovçilik guvohnomalari almaştirişning sönggi muddati kelmoqda
Xususan haydovçilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomalar:
- 2013–2015 yillarda berilgan bölsa – 2023 yil 30-sentyabrgaça;
- 2015 yildan keyin berilgan bölsa – 2023 yil 31 dekabrgaça almaştirilişi zarur.
Turistik sohada talablar soddalaştirilmoqda
Quyidagi talablar bekor qilinadi:
- turagentlarning elektron tölovlar, bron qiliş xizmatlarini körsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega bölişi;
- turoperatorlarning elektron tölovlar xizmatlarini körsatadigan veb-saytga ega bölişi.
Özboşimçalik bilan qurilgan qurilmalarni örganiş boşlanadi
- Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyalari hokimliklar bilan birgalikda:
- Respublikaning seysmik faol zonasida joylaşgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvçi köp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yölaklari, çordoq va umumiy foydalanişdagi oşxonalarda) özboşimçalik bilan qurilgan konstruktsiyalarni;
- köp kvartirali uylarning, şu jumladan, ularning yertöla va birinçi qavatidagi zilzilabardoşlikka taʼsir qiluvçi konstruktsiyalarga özboşimçalik bilan kiritilgan özgartirişlarni aniqlab boradi.
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori oşirilmoqda
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
- 2023 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran 200 milliard sömni;
- 2024 yil 1 apreldan eʼtiboran 350 milliard sömni;
- 2025 yil 1 yanvardan eʼtiboran 500 milliard sömni taşkil etişi kerak.
Tamaki va pivo savdosi sohasidagi ruxsat beriş tartib-taomillari soddalaştirilmoqda
Tamaki mahsulotining ulgurji va çakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosini xabardor qiliş tartibida amalga oşirişga ruxsat berildi.
Investitsiya majburiyatlari böyiça talablar soddalaştirilmoqda
Köçmas mulk obʼektlari va davlat uluşlari xususiylaştirilganligi töğrisidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YaIDXP orqali QR-kod qöyilgan holda beriladi.
- Onlayn auktsion savdolarida davlat mulki obʼektlarini sotib olgan xaridorlar bilan şartnomalar savdo natijasi böyiça bayonnoma asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron şaklda (şu jumladan, ERIsi orqali) rasmiylaştiriladi;
- Har çorakda tegişli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga çiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilişini oraliq monitoring qiliş tartibi bekor qilinadi.
Sudlanganlik muddati ötgani haqida maʼlumot – onlayn tarzda şakllantiriladi
- Sudlanganlik muddatining ötib ketganligi yoki sudlanganlikning olib taşlanişi haqidagi maʼlumotlar Içki işlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravişda onlayn şakllantiriladi;
- Sudlanganlik muddatining ötib ketganligi yoki sudlanganlikning olib taşlanganligi haqidagi maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib taşlangan sananing ertasidan keçiktirmasdan tegişli şaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi şaxsiy kabinetiga avtomatik ravişda bepul yuboriladi.
Nogironligi bölgan şaxslardan tibbiy xulosa talab qilinmaydi
Nogironligi bölgan şaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan taʼminlaşda nogironligi bölgan şaxslardan tibbiy xulosa talab qiliş bekor qilinadi. Tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritiladi.
IIV xodimlari muntazam malaka oşirişadi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi, yöl-patrul va patrul-post xizmati bölinmalari xodimlari uşbu sohalarda xizmatni davom ettirişlari uçun har uç yilda IIV Malaka oşiriş institutida malaka oşirişlari lozim böladi.
Içki audit xizmati xodimlariga talablar kuçaytirilmoqda
Içki audit xizmati xodimining malakasi içki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.
Içki audit böyiça milliy malaka sertifikatiga ega bölmagan şaxslarni Inspektsiya va içki audit xizmatlarining xodimi lavozimiga işga qabul qilişga hamda ularning uşbu tizimlarda faoliyat yuritişiga yöl qöyilmaydi, bundan xalqaro sertifikatga ega bölgan şaxslar mustasno.
Qişloq xöjaligi ilm bilan boğlanadi
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş, inson resurslarini rivojlantiriş masalalari yangi taşkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boşqa yirik korxonalar faoliyatini taşkil etişda litsenziya va ruxsat etiş tartib-taomillari şartlaridan biri etib belgilanadi.
Ekologiya vazirligining stipendiyasi joriy etilmoqda
Oliy taʼlim muassasalarining “Ekologiya”, “Atrof-muhitni muhofaza qiliş”, “Örmonçilik”, “Yaşil iqtisodiyot” va “Gidrometeorologiya” va boşqa talab yuqori bölgan yönalişlaridagi eng iqtidorli talabalari uçun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.
Ayrim huquqbuzarliklar böyiça xabar berganlik uçun – pul mukofoti
Aholi tomonidan Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda körib çiqiladi. Huquqbuzarliklar töğrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan şaxslar pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.
Xususiy sektordagilar qişloq xöjaligi texnikalarini texnik körikdan ötkazişlari mumkin
Xöjalik yuritiş subʼektlari – yuridik şaxslarga jismoniy şaxslarning 100 ot kuçigaça quvvatga ega bölgan qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini texnik körikdan ötkaziş faoliyati bilan şuğullaniş huquqi beriladi.









