1 sentyabrdan nimalar özgaradi?

1 sentyabrdan nimalar özgaradi?

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali 2019 yil 1 sentyabdan kuçga kiradigan hujjatlar va boşqa eng muhim özgartirişlarning qisqaça şarhini eʼlon qildi.

2019 yil 1 sentyabrdan boşlab:

  1. Foydalanilmayotgan davlat mulki obʼektlari xususiylaştiriladi.

Foydalanilmayotgan davlat mulki obʼektlarini, şu jumladan taʼlim muassasalari(akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), soğliqni saqlaş va sport, madaniyat, xususan kinoteatrlar, klublar, kontsert-tomoşa körsatiş muassasalari va kinolaştiriş obʼektlari, şuningdek, davlat taşkilotlarining böş turgan yer uçastkalari doimiy foydalaniş huquqi asosida sotiladi.

  1. Maşinasozlik, qişloq xöjaligi texnikalaridan foydalaniş va texnik servis yönalişlari böyiça xodimlar çet elda öqitiladi.

Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, maşinasozligi hamda qişloq xöjaligi texnikalaridan foydalaniş va texnik servisi yönalişlari böyiça hodimlari «El-yurt umidi» jamğarmasi hisobidan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga öqitiş va malaka oşiriş uçun yuboriladi. Tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr talabalarning xorijiy oliy taʼlim muassasasidagi tölov kontrakti tölab beriladi.

  1. Xorijda taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş tartibi özgaradi.

Xorijiy davlatlarda umumiy örta va örta taʼlim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş töğrisidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

  1. Özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladi.

Özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladi hamda guvohnoma egalariga mehnat stajini hisobga oliş va rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi beriladi.

  1. «Temurbeklar maktabi» xodimlari va harbiy xizmatçilarining oylik maoşi oşadi.

«Temurbeklar maktabi» xodimlarining oylik maoşi:

  • direktor va uning örinbosarlari, öqituvçilar, öquv bölimi xodimlari uçun — 5 barobar;
  • tögarak (sektsiya) rahbarlari va psixologlari uçun — 3 barobar;
  • axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlaştiriş va aloqa bölinmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uçun — 2 barobar miqdorda oşiriladi.

Şuningdek, «Temurbeklar maktabi» da xizmat ötayotgan harbiy xizmatçilarning pul taʼminotiga ularning lavozim maoşining 50 foiziga teng miqdorida har oylik ustama tölanadi.

  1. Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tizimi özgaradi.

Toşkent şahrida joylaşgan köçmas mulkka nisbatan notarial harakatlar asosida vujudga keladigan mulk huquqi va boşqa aşyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat davlat notarial idorasi orqali taqdim etilgan talabnomaga asosan kiritiladi va bir vaqtning özida Reyestrdan köçirma beriladi.

  1. Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim taşkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi belgilanadi.

Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim taşkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom kuçga kiradi.

  1. Ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalari xodimlariga oylik ustama haqi tölanadi.

Ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari, şu jumladan tarbiyaçilar va tarbiyaçi yordamçilariga bazaviy tarif stavkasining 75 foizi miqdorida har oylik ustama haqi tölanadi.

  1. Iş haqining eng kam miqdori örniga yangi tuşunçalar qöllaniladi.

Iş haqining eng kam miqdori örniga:

  • 577 170 söm miqdorida mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori;
  • 223 000 söm miqdorida bazaviy hisoblaş miqdori;
  • 223 000 söm miqdorida pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori joriy etiladi.
  1. Davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlarining maoşi oşiriladi.

Davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari yordamçilarining, ösişida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bölgan bolalarga möljallangan guruhlarda işlaydigan tarbiyaçilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamçilarining lavozim maoşlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qöşimça haq tölanadi.

  1. Ayollar uçun nikoh yoşi özgaradi.

Özbekiston Respublikasida erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi bir xilda ön sakkiz yoşetib belgilanadi.

  1. Tovar belgisini röyxatdan ötkaziş uçun taqdim etiladigan talabnomalar elektron şaklda topşiriladi.

Tovar belgisini röyxatdan ötkaziş uçun taqdim etiladigan talabnomalar faqat elektron şaklda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topşiriladi.

  1. Yangi telekanal işga tuşadi.

«O‘zbekiston tarixi» telekanali öz faoliyatini boşlaydi.
Manba; Xabar uz

×