Adliya vazirligi tomonida qonunçilikda 1 dekabrdan kutilayotgan özgarişlar böyiça maʼlumot berildi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati jinoyat işlari böyiça sudlar vakolatiga ötkaziladi.
Prezident farmoniga asosan, 2020 yil 1 dekabrdan boşlab maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati jinoyat işlari böyiça sudlar vakolatiga ötkaziladi.
Şuningdek, huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxs tomonidan MJTKning tegişli moddasi sanktsiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda iş körilgunga qadar ixtiyoriy tölaşni rağbatlantiriş tizimi joriy etiladi.
Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi taşkil etiladi.
Prezident qaroriga binoan Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida davlat tibbiy suğurta tizimini yölga qöyiş belgilandi. Uşbu tizim doirasida Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi taşkil etiladi.
Quyidagilar Jamğarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
davlat tibbiy suğurtasi tizimini joriy etiş, boşqariş hamda uşbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oşirişda idoralararo hamkorlikni taʼminlaş;
aholining barça qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlaş maqsadida tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etiş;
tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat byudjetidan kafolatlangan paketni moliyalaştiriş maqsadida ajratiladigan mablağlarni jamlaş, boşqariş, ularning maqsadli va samarali sarflanişini taşkil etiş;
tajriba-sinov loyihasining natijalariga köra, davlat tibbiy suğurtasi tizimini respublikaning boşqa hududlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş.
Özbekistonning Afğonistondagi elçixonasida savdo va iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi lavozimi joriy etiladi.
«Afğoniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasining Afğoniston Islom Respublikasidagi elçixonasi ştatlar jadvaliga mehnatga haq tölaş fondiga tegişli özgartirişlar kiritgan holda savdo va iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi lavozimi kiritiladi.
Jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat taşkilotlari hamda uyuşmalar ustidan öquv va ilmiy-uslubiy rahbarlik yölga qöyiladi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va ilmiy salohiyatni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti respublikadagi barça jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat taşkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyuşmalari) faoliyati ustidan öquv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oşiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspektsiyasi xizmat itlari bilan taʼminlanadi.
«Ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga köra, Davlat bojxona qömitasi hamda Içki işlar vazirligi Inspektsiya ehtiyojlaridan kelib çiqib, yiliga 5 tadan ösimliklar karantini sohasidagi öziga xos «detektor»lar – xizmat itlari hamda 5 nafardan kinologlar tayyorlab berilişini taʼminlaydi.
Umumtaʼlim fanlarini biliş darajasini baholaşning milliy test tizimi joriy etiladi.
Umumtaʼlim fanlarini biliş darajasini baholaş böyiça test sinovlarini ötkaziş va sertifikatlaş quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari böyiça;
2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari böyiça;
2022 — 2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari böyiça.
Maʼlumot uçun, hukumat qarorida 2021/2022 öquv yili qabulidan boşlab tegişli umumtaʼlim fanini (çet tili bundan mustasno) biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega bölgan abituriyentga sertifikatdagi özlaştiriş foiziga mos ravişda oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proportsional) ball beriş tartibi joriy etilişi belgilangan.
Atrof muhitga salbiy taʼsir körsatadigan, möljallanayotgan va rejalaştirilayotgan ayrim faoliyat turlari böyiça jamoatçilik eşituvlari ötkaziladi
Qarorga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda atrof muhitga salbiy taʼsir körsatadigan I va II toifalarga mansub bölgan möljallanayotgan va rejalaştirilayotgan faoliyat turlari böyiça jamoatçilik eşituvlari ötkaziladi.









