Toşkent metropolitenida kassa operatori lavozimi butunlay tugatiladi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi maʼlum qildi.
Bildirilişiça, tölov tizimlari bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qilinayotgani sababli endilikda yölovçilar çipta sotuvçi operatorlarga murojaat qilmasdan, elektron tölov tizimlari va avtomatlaştirilgan çipta bankomatlari orqali öz kartalarini töldiriş yoki çipta xarid qilişlari mumkin böladi.
Şu sababli xizmat körsatiş tizimida islohotlar boşlangan bölib, birinçi bosqiçda 204 ta kassa operatori ştati qisqartirilgan. Qayd etilişiça, yil yakuniga qadar barça bekatlar töliq avtomatlaştirilgan bankomatlar bilan jihozlanadi. Natijada kassa operatori va katta operator lavozimlari butunlay tugatiladi.









