Endi “Power bank” olib yurişga hojat bölmaydi

Endi “Power bank” olib yurişga hojat bölmaydi

“Britaniya Kolumbiyasi” universiteti olimlari egiluvçan, har qanday şaklga moslaşadigan quvvatlovçi (batareya) yaratdilar.

"Britaniya Kolumbiyasi" universiteti (The University of British Columbia) mutaxassislari kelajakda taqiladigan, qölda olib yuriladigan qurilmalar uçun egiluvçan, yuviladigan akkumulyator yaratiş haqida maʼlumot berişmoqda. Bu haqida universitet öz saytida xabar tarqatdi.

Manbada yozlişiça, olimlar akkumulyator qobiğidagi qattiq elementlarni elastik elementlarga almaştirişni maqsad qilgan. Quvvatlagiç korpusga öralgan öta yupqa polimer qatlamlaridan iborat böladi. Dizayn har qanday şaklga moslaşadi. U hatto suvga ham çidamli böladi.

Quvvatlagiçni kaşf qilişda asosiy şaxs bölgan doktor Ngok Tan Nguyenning sözlariga köra, taqiladigan elektronika bozori juda istiqbolli va rivojlaniş uçun moslaşuvçan “batareya”ni talab qiladi.

Olim akkumulyator elastik şaklni oliş uçun uning asosiy birikmalari - rux dioksidi va marganetsni maydalaş va polimer material bilan töldiriş kerakligini tuşuntiradi.

Maʼlumotlarga köra, mutaxassislar kir yuviş maşinasida ötkazilgan sinovlar yordamida akkumulyatorning moslaşuvçanligi va suvga çidamliligini tekşirişgan. Sinov maişiy va sanoat kir yuviş maşinalarida 39 xil yuviş uslubi tarzida amalga oşirilgan va şunda ham quvvatlagiç buzilmagan va ziyon körmagan.

Tan Nguyenning taʼkidlaşiça, “batareya” tarkibidagi kimyoviy elementlar (rux dioksidi va marganets) oldingi quvvatlagiçlar tarkibidan zararsiz bölib, uni hatto tanaga yaqin saqlagan holda işlatiş mumkin. Akumulyator özidan heç qanday zararli taʼsir çiqarmaydi.

Universitet mutaxassislari hozirda “batareya” quvvatini oşiriş ustida işlaşmoqda. Ularning fikriça, taqiladigan gadjetlar uçun bunday elementlarni işlab çiqariş arzon elektron qurilmalarning köpayişiga olib keladi.

×