"5 sutka köp" — faollar metroda hazillaşgan qizga berilgan jazodan norozi

"5 sutka köp" — faollar metroda hazillaşgan qizga berilgan jazodan norozi

Toşkent metrosida sumkasida bomba borligi aytilgan qizga 5 kun maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangani köpçilikda eʼtirozlarni paydo qildi. Faollar bu hodisa tizimning muammosini körsatgani, dunyoning turli davlatlarida metroga kirişda tekşiruv yöqligi haqida yozişmoqda.

22 oktyabrda Toşkent metrosining “Alişer Navoiy” bekatida avtomatik ötkaziş punktida töxtatilgan qiz sumkasini körsatişni söragan içki işlar xodimiga unda bomba borligini aytgani, tekşiruv paytida esa undan portlovçi moslama topilmagani haqida xabar berilgandi.

Sud 19 yaşar qizning örinsiz hazilini mayda bezorilik va maxsus xizmatlarni qasddan aldab çaqiriş deb, unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va 300 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlagan.


“Metroga kirişdagi mirşablar olib taşlansa ham hayot davom etaveradi”

Davletovuz Telegram-kanali muallifi Qobil Xidirov Twitter’dagi sahifasida, 5 sutka jazo tayinlangan qiz voqeasi tizimning muammosini körsatib bergani, bu xatoni töğrilaş payti kelganini yozadi.


– Dunyodagi eng samarasiz mirşablik vazifasi bizning metroga kirişdagi mirşablardir. Eng qimmat, eng samarasiz xavfsizlik çorasi, deb bilaman.
Xavfsizlik muhim, lekin samarasiz yöl bilan emas. Albatta, şunça odam böş ötirib, keçagidek holatlarda özlaridan jiddiy tizim yasab oladi.
Agar ertaga metroga kirişdagi barça mirşablarni olib taşlab, bir yil kutsangiz ham hayot davom etaveradi, metroda xavfsizlik yomon bölib qolmaydi. Şuning uçun masala kötarilganda, mavjud tizimning xatoligi haqida gapiriş örinli deb öylayman. Yana qaysidir xato tizimni tuzatiş uçun yana bir xato çora yölini tanlamaslik kerak.


“Qörqoqning kuçi tuvaloqqa yetibdi bölmasligi kerak”

Jurnalist Aziza Qurbonova politsiya işlasa, doim har qanday vaziyatda adolatli işlaşi kerakligini, xavfsizlik faqat bomba emasligini eslatib ötgan.


– 7-sinfdan 11-sinfgaça Çilonzor bekatidan to Buyuk ipak yöligaça har kuni ikki mahal metroda qatnaganman. Keyin fakultet va TV örtasida ham bordi-keldim metro orqali bölgan.
Bu 2000-2008 yillardagi gap; u paytda metroda, vagonlarda – hamma yerda hozirgidek reklamalar-u yaltir-yulturlar emas, “Ogoh böling, ogoh böling” degan xavotirli yozuvlar yopiştirilgan bölardi.
Özimiz ham metro qandaydir öta muhim obʼektligini his qilardik va har kuni “popkangni oç, sumkangni körsat” degan gap-sözni kutmay, tugunimizni oçib körsatardik.
Allaqaysi yili, kattaroq sinfda öqib yurganimda tekşir-tekşirdan zerikib ketibmanmi, har kuni yuzi taniş bölib ketgan militsioner amakiga hazillaşibman: “Şu kiçkina sumkamning nimasini körasizlar, bomba olib yurarmidim, turniket qilib qöysa bölmaydimi?”
Militsioner amakining qoşlari çimirilib, “qani bomba deganing uçun ham sumkani oç” deb, kitoblarimni varaqlagança yaxşilab tekşirişni boşlagan. Hatto kundaligimni oçib, kimligim va baholarimni körgan va keyin indamay ötkazib yuborgan. Öşanda rosa qörqqanman va keyingi safar ortiqça gapirmay, indamay sumkani oçib körsatişda davom etganman.
Hatto öşa butun mamlakatda “Ogoh böling!” şarpalari kezib yurganda, tinçlik eng katta neʼmat ekani uqtirilgan zamonda ham meni heç kim 5 sutkaga qamamagan edi…
Bu yerda esa 19 yoşli qiz kayfiyati yaxşiligi uçun hazillaşgan ekan… 5 sutka qamoq va 1 BHM jarima berişibdi.
Bunda tizimlilik muhim. Doim şunday haziltuşunmas va qatʼiyatli politsiya bölsa, hamma bilib muomalasini qiladi. Qörqoqning kuçi tuvaloqqa yetibdi tarzidamas. “Paxtakor” metrosida öğri bir qizning sumkasini yulib olib ketganda, öşa metro politsiyamizning işi ham bölmagan. Xavfsizlik bombami faqat? Jarima va qatʼiy ogohlantiriş bilan bitadigan iş edi. 5 kun ortiqça.
Oçiği, nimadir deyişga hayronman. Albatta, xavfsizlik jiddiy masala. Balki hazillaşuvçilar köpayib ketmasligi uçun ibrat körsatmoqçi bölişgandir. Kim bilsin. Qandaydir şu yerda “jazo qonuniy bölişi mumkin, lekin adolatli bölmasligi mumkin” degan gapni xulosa qilgim keldi.


“Sumka tekşirişning xavfsizlikka aloqasi yöq”

“Zambarakning öqi” Telegram-kanali muallifi 2016 yildan beri Kanadaning Kalgari şahrida doimiy istiqomat qiluvçi Farhod Fayzullayev Yevropa va AQŞda şunday holat röy berişi bilan Özbekiston metrosidagi tekşiruv holatini taqqoslaydi.


– Yuqoridagi mavzu haqidagi postga turli fikrlar, örinli eʼtirozlar bildirildi. Şuning uçun bu mavzuga yana qaytişni lozim deb topdim.
Savol: Kanada/AQŞ/Yevropa aeroportlarida bomba bor desangiz qamaşmaydimi?
Javob: Qamaşi mumkin. Lekin bunda biz kontekstga, tahdid qilingan hudud/inşootga eʼtibor qilişimiz kerak. Kontekst juda muhim.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan söng butun dunyoda aeroportlar kuçli nazoratda va ularda hazillarga yöl qöyilmaydi. Masalan, suv omborini, kasalxonani, maktabni portlatiş bilan tahdid qiliş ham juda salbiy natijaga olib keladi.
Tahdid qiliniş vositasi ham muhim. Telefon orqali tahdidga jiddiyroq qaraladi, çunki göşak ortida kim turganini bilmaysiz.
Şunday ekan, tahdiddayam tahdid bor. Tahdid qilinayotgan joy, tahdid vositasi juda muhim. Mantiqsiz tekşiruv bölayotgan joyda yoş qiz tomonidan hazil qilinişi bilan, erkak kişi aeroportga borib, portlatib yuboraman deyişi orasida katta farq bor. Bu farqni köra biliş uçun ğarb politsiyasi öqiydi, örganadi, öz ustida işlaydi.
Savol: Xavfsizlik bölmasa, hamma yoq “bardak” böladi-ku?
Javob: Yana kontekstga boğliq. Aeroportlarda xavfsizlik kerak, lekin metroda emas.
Qarang-da, metro içida odam köpmi, bozorda? Nega bozorlardayam unda sumka tekşirilmaydi? Nega avtobuslarda tekşirilmaydi?
Nega Nyu-York, London, Parij, Almati metrolarida sumka tekşirilmasayam, har kuni portlaş bölmaydi? Çunki sumka tekşiriş mantiqsizlik. Zamonaviy yöllari borki (masalan, kameralar), ular yordamida ham xavfsizlikni taʼminlaş mumkin. Sumkalarni tekşiriş qanday amalga oşirilişini bilamiz. Olib ötaman degan odam bemalol olib ötadi. Sumka tekşirişning xavfsizlikka aloqasi yöq. Bu faqat teatr.
Uçinçidan, aytaylik, qiz notöğri iş qildi. Nega u qamaldi? Jamiyatga qanday xavfi bor uning? Nega uning hayotini sindiriş kerak? Sud nimaga asoslanib bunday qaror çiqardi. Köraylik qarorni?
Törtinçidan, biz butun umr qörquvda yaşab katta böldik. Avval KGB, keyin SNB, hozir boşqalari. Mana şu azaliy qörquv ortidan qullik mentaliteti, “kimdir nazorat qilib turişi kerak” degan tuşunça paydo bölgan. Şu jumladan menda ham.
Sumka tekşirilmasayam, hujjat körsatilmasayam, hayot davom etaveradi. Hamma yoq portlab ketmaydi. Biz özimizga erkinlik talab qilişimiz kerak, ustimizdan nazoratni emas. Zero, Benjamin Franklin aytganidek, “xavfsizlik evaziga erkinliklaridan voz keçişga tayyor inson erkinlikka ham, xavfsizlikka ham loyiq emas”.


“5 sutka köp”

Jamoatçilik faollaridan yana biri jurnalist Dilroz Abrayeva öz hayotida metrodagi içki işlar xodimi bilan bölib ötgan voqeani eslab, tayinlangan jazoning oğirligi, bu örinda qiz bilan profilaktik suhbat ötkazib qöyib yuborilganda töğri bölişini taʼkidlagan.


– 19-20 yoşlardamiz. Metroga tuşdik 5-6 qiz. Formali kişi sumkalarimizni tekşirdi. Oramizdagi eng çiroyli dugonamizning hamyondan sal katta sumkaçasini uzoq titdi. Bir nimalar deb hazillaşdiyam.
Sezilib turibdi maqsadi şu çiroyli qiz bilan uzoqroq gaplaşiş. Buni aniq dalillab isbotlaş qiyin. Lekin buni hammamiz sezib turgandik. Bu orada eheyeye qançadan qança katta sumka-paket-qop kötarganlar ötib ketaverdi.
Dugonamiz gap talaşdi va xodim birdan jiddiylaşib rahbarini çaqirdi. Ikki formali erkak böysunmaslik qamoq jazosigaça borişini aytib qörqitdi. Öşa vaqtda biz uçun kattagina köngilsizlik böldi.
Bu rasmda ham sumka razmeri körinib turibdi. Öşa vaqtda xizmat vazifasini ötayotgan xodim ham, menimça, hazilnamo nimadir degan bölişi mumkinki, qiz haddi siğib bomba bor devorgan. Bu mening taxminim.
5 sutka köp. “Suhbat ötkazildi, tuşuntirildi, xatosini angladi, uzr söradi”, degan yakun yaxşi edi, albatta.

Manba: "Kunuz"

Teglar:
×