Bundan buyon avtomobil haydaşning özi bölmaydi

Bundan buyon avtomobil haydaşning özi bölmaydi

Yöl harakatini taşkil etiş bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan «Yöl harakatini taşkil etiş töğrisida»gi yangi qonun loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev maʼlum qildi.

Unda yöl harakatini taşkil etişning asosiy printsiplari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • fuqarolar manfaatlarining ustuvorligi;
  • yöl harakatini taşkil etiş böyiça faoliyat va tadbirlarning tizimliligi;
  • ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilişning ustuvorligi;
  • piyoda va velosiped harakatlanişi uçun şaroit yaratiş;
  • oçiq va jamoatçilikni öz vaqtida xabardor etiş.

Uşbu qonun asosida «Yöl harakati xavfsizligi töğrisida»gi qonunga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, jumladan quyidagilarni belgilaş nazarda tutilgan:

  • Haydovçilik huquqini olişga tösqinlik qiluvçi kasalliklar röyxati;
  • Haydovçilik huquqini olgandan keyin transport vositasini boşqarişga tösqinlik qiluvçi kasalliklar röyxati.

«Körib turganimizdek, bundan buyon avtomobil haydaşning özi bölmaydi. Masʼuliyat bir emas, ön baravar oşadi. Albatta masʼuliyat oşişi haydovçilar bilan bir qatorda nazorat qiluvçi organlarning xodimlarida ham parallel ravişda keçmoği lozim», – deya qöşimça qilgan deputat.

×