Alişer Usmonov Yevropa ittifoqini sudga berdi

Alişer Usmonov Yevropa ittifoqini sudga berdi

Yevropa sudi matbuot xizmati rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning Yevropa ittifoqi sanktsiyalariga duçor bölgan şaxslar röyxatiga kiritilişiga norozilik bildirilgan daʼvo arizasini qabul qilganini tasdiqladi.

Daʼvo arizasini körib çiqiş sanasi hali belgilanmagan, deyiladi TASS xabarida.

«Janob Alişer Usmonovning Ittifoq (YEI)ga qarşi daʼvosi 29 aprelda topşirilgan. Daʼvogar  unga qarşi çeklov çoralarini bekor qilişni va sud qarori çiqquniga qadar taqiqlov çoralarini töxtatib turişni talab qilyapti», — deyiladi Yevropa sudi matbuot xizmati xabarida.

28 fevralda Alişer Usmonov boşqa rossiyaliklar qatorida Yevroittifoq sanktsiyalari röyxatiga kiritilgandi. Şundan söng Usmonovning Yevropadagi barça aktivlari bloklanib, uning özi Yevropa ittifoqi mamlakatlari hududiga kirişi taqiqlangan edi.

Rasmiy Bryusselga köra, rossiyalik tadbirkorlar va siyosatçilar öz xatti-harakatlari bilan Ukrainaning hududiy yaxlitligiga putur yetkazişgan.

×